» » Kemerovodagi yong‘in oqibatida 41 nafar bola halok bo‘lganligi ma’lum qilindi

Kemerovodagi yong‘in oqibatida 41 nafar bola halok bo‘lganligi ma’lum qilindi


Kemerovodagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida yuzaga kelgan yong‘inda 41 nafar bola halok bo‘lgan. Bu haqda fojia qurbonlarining qarindoshlari tomonidan tashkil etilgan shtabda ilib qo‘yilgan halok bo‘lganlar ro‘yxatlari guvohlik beradi, deb yozadi “Interfaks”.

Ro‘yxatda jami 64 nafar halok bo‘lganlarning sharifi bo‘lib, ulardan 41 nafari voyaga yetmagan.

“O‘likxonani ko‘zdan kechirdik, ro‘yxatda 64 nafar qurbon. Jasadlarni ko‘zdan kechirdik, o‘lchamiga qarab xulosa qilsa, ulardan 20 ga yaqini kattalar, qolgani bolalar. Jasadlarni yashirishmadi — har bir kabinet, yerto‘la, cherdak, garajlarni qarab chiqdik. Ba’zi jasadlar shunchaki qutilarda”, — deydi tashabbus guruhi a’zosi Kemerovodagi namoyishda chiqish qila turib.

Yana bir aktivist ijtimoiy tarmoqda jasadlar mahalliy sovutish kombinatiga yashirilganligi haqidagi ma’lumotlar yolg‘on ekanligini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют