» » Sergey Lavrov: Toshkent konferensiyasi o‘z vaqtida amalga oshirilgan muhim tashabbus

Sergey Lavrov: Toshkent konferensiyasi o‘z vaqtida amalga oshirilgan muhim tashabbus


Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajali Toshkent xalqaro konferensiyasida so‘zga chiqqan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Markaziy Osiyo mamlakat tashqi siyosatida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi, deb yozadi O‘zA.

Markaziy Osiyo bizning tashqi siyosatimizda muhim o‘rin tutadi. Davlatimiz turli doiradagi tashkilotlar, ikki tomonlama kelishuvlar asosida mintaqadagi mamlakatlar bilan barcha sohalarda strategik hamkorlikni qo‘llab-quvvatlab keladi. Siyosiy va iqtisodiy sohalardagi munosabatlarda erishilayotgan ijobiy yuksalishlar shular jumlasidan.

Birgina misol. Bugun rossiyalik ishbilarmonlarning Markaziy Osiyo davlatlariga kiritgan investitsiyasi 20 milliard dollarni tashkil etmoqda. Mintaqada 7,5 mingdan ortiq rossiyalik hamda hamkor kompaniyalar faoliyat yuritmoqda. Shuningkdek, mintaqa davlatlari bilan xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi faol aloqalar tinchlikni saqlash va sa’y-harakatlarimizni umumlashtirib borishda muhim o‘rin tutmoqda.

Hozirgi kundagi asosiy xavf – Afg‘onistonning shimoliy hududlarida o‘z faoliyatini kengaytirishga urinayotgan Islom davlati sifatida nom olgan terrorchilik harakati bo‘lib qolmoqda. Yana bir xavf – bu narkotrafik muammosidir.

Afg‘on muammosini hal qilishdagi tashabbus mintaqa davlatlarining o‘zidan chiqayotgani muhim ahamiyatga ega. Shu ma’noda, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilgan Toshkent konferensiyasini o‘z vaqtida amalga oshirilgan muhim tashabbus deyish mumkin. Biz Toshkent jarayonidan ijobiy natijalar kutib qolamiz.

Sergey Lavrov, Rossiya tashqi ishlar vaziri



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют