» » Zangiotada oqituvchi va shifokorlar MIB xodimlari bilan uyma-uy yurgani haqida

Zangiotada oqituvchi va shifokorlar MIB xodimlari bilan uyma-uy yurgani haqida


Zangiota tumanidagi Obod mahallasida yashayman. 26-mart, dushanba kuni soat 9:00 atrofida nonushta qilayotgan vaqtimda mahallamiz faollaridan bolgan bir qoshnimiz eshikni taqillatdi. Mahallada Majburiy ijro byurosi xodimlari gaz va elektr hisoblagichlari korsatkichlari va kitobchalarini tekshirib yurganini aytib, kitobchalarni olib chiqishimni soradi.

Kitobchalarni olib chiqqunimcha MIB xodimi bolgan ikki ayol uyimizga kirib keldi. Kochadagi elektr hisoblagich korsatkichlarini korsatishimni sorashdi. Boshqa qoshnilarimiz uylarining oldida ham korsatkichlarni tekshirib turishayotgandi. Xodimlar uch guruhga bolinib, xonadonlarni tekshirib yurishibdi. Uch ayol va kiyimi orqasida MIB yozuvi tushirilgan bir yigitga kozim tushdi.

Bizning uyga kelgan haligi ikki ayol qogozga uyimiz manzili, hisoblagichimiz raqami, hisoblagichdagi korsatkich, necha kilovattgacha pul tolab qoyganimizni yozib olishni boshlashdi. Tekshiruv sababiga qiziqdim: 1-apreldan gaz va elektrga tolovlar oshayotgani munosabati bilan tekshirib yuribsizlarmi?

Korsatkichlarni yozib turgan, yoshroq ayol Sababini bilmadik. Biz ozi shifokor va oqituvchilarmiz, dedi. Bu gapi goyoki Biz nima ish buyurishsa ham qilaveramiz, shunga majburmiz degandek eshitildi.

- Nima uchun sizlar bu ish bilan shugullanyapsizlar?

- Otgan shanbadan beri shu ishni qilib uyma-uy yuribmiz.

Ayolning telefoni jiringlay boshladi. Sherigiga qarab gapira boshladi: Bugun privivka (emlash) kuni edi. Ertalabdan beri telefon qilib yotishibdi. Ayol telefonni kotarmadi. Aftidan yosh bolali onalar farzandini emlatish uchun poliklinikaga olib chiqish uchun hamshira (yoki shifokor) bolgan ayolga telefon qilishmoqda. Bu ayol esa bolalarni emlashdan kora muhimroq ishlar bilan band.

Men avvaliga MIB xodimi deb oylagan ayollar uyimizga kirib, gaz hisoblagichi korsatkichlarini yoza boshladi. Qoshnimizning uyini tekshirayotgan MIB formasini kiyib olgan yigit eshigimizdan moralab yoshi kattaroq ayolga murojaat qildi: Xola, ruchkangiz bormi?

Yoshi kattaroq ayol aftidan oqituvchi shekilli sumkasida bir talay ruchka bor edi. Bittasini olib berdi. Hamshira MIB xodimiga: Bularning ismlari faloncha deb qoydi. Menimcha, MIB xodimi ayolning ismini bilmagani uchun xola deb murojaat qilgan. Bugun bu oqituvchiyu shifokorlar guruhi bilan, ertaga boshqa oqituvchilar bilan birga xonadonlarni kezgandan keyin ularning ismini bilishning, eslab qolishning nima keragi bor?

Majburiy ijro byurosi xodimlarining ishini bajarayotgan oqituvchilar xonadonimizdan chiqib ketdi. Men ixtiyoriy-majburiy mehnat bilan band oqituvchiyu shifokorlar haqidagi oylarim bilan qoldim. Yaqindagina Samarqandda Prezident tashrifi arafasida katta kochani tozalashga chiqqan 23 yoshli oqituvchi KamAZ ostida qolib, halok bolganidan song majburiy mehnat haqidagi mavzular muhokamalar markaziga chiqqandi. Prezident matbuot xizmati rahbari Komil Allamjonov hodisa yuzasidan chora korilishini aytgan, Parlament deputati Qodir Jorayev majburiy mehnatni Oliy Majlis muhokamasiga kiritishga vada bergan, Xalq talimi vaziri orinbosari Alisher Sadullayev oqituvchilarni tinch qoyishga chaqirgan edi. Ushbu gap-sozlardan song qandaydir ozgarishlar bolishiga umid qilgandim. Afsuski, hozircha hech qanday ozgarish yoq. Rahbarlar shifokor va oqituvchilar majburiy mehnat qilayotganini bir tomondan rad etib, ikkinchi tomondan ishlataveradi.

Qoshnimizning uyidagi korsatkichlarni yozib chiqayotgan boshqa bir ayoldan Siz ham oqituvchi yoki shifokormisiz? deb soradim. Hozir qilayotgan ishlaridan norozidek koringan ayol Oqituvchi deb yonimdan otib ketdi.

Oglim 2 yoshdan oshdi, 12 ta emlashlarni olishi kerak. Bir yildan beri ololmayapti. Ammo shifokorlar oz joyida otirmasa, kocha tozalasa, metallolom yigsa, xonadonlardagi hisoblagichlarni tekshirib yursa, oglim necha yoshga kirganda emlashlardan qutular ekan, hayronman.



Manba: Daryo.uz
: admin (27-03-2018, 17:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
:
-
:
20 ... -