» » Li Baodun: Birgalikdagi faoliyatimiz afg‘on xalqiga tinchlik olib keladi

Li Baodun: Birgalikdagi faoliyatimiz afg‘on xalqiga tinchlik olib keladi


Xalqaro forumlar saroyida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajali Toshkent xalqaro konferensiyasi doirasida Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Li Baodun Afg‘onistonda tinchlikka erishish bo‘yicha o‘z qarashlarini bildirib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.

Afg‘oniston bizning umumiy qo‘shnimiz. U yerda 40 yildan beri beqarorlik hukmron. Harbiy nizolar, terrorizm, narkotrafik jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan og‘riqli nuqta bo‘lib qolmoqda.

Biz Afg‘onistonda tinchlikka erishish maqsadida afg‘on xalqining o‘zi tanlagan yo‘lni qo‘llab-quvvatlash bilan birga, o‘z salohiyatini mustahkamlashi uchun ko‘mak berishimiz kerak. Afg‘onistonda barqaror rivojlanish uchun uning mintaqada davlatlari bilan integratsiyalashuvini ta’minlashimiz, infrastrukturani rivjantirish, tabiiy boyliklaridan iqtisodiy yuksalish yo‘lida samarali foydalanishga qaratilgan hamkorlikni faol olib borish muhimdir. Afg‘onistonning sarmoya, savdo, transport imkoniyatlarini oshirish maqsadida qo‘shni davlatlarning qo‘llab-quvvatlashi zarur.

Biz Afg‘onistonda tinchlik va iqtisodiy tiklanish yo‘lidagi hamkorligimizni “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi, Afg‘oniston bo‘yicha Istanbul jarayoni va boshqa tashabbuslar doirasida davom ettiramiz. O‘ylaymanki, birgalikdagi faoliyatimiz afg‘on xalqiga tinchlik olib keladi.

Li Baodun, Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют