» » Abdulaziz Komilov va Salohiddin Rabboniy Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi yakuni bo‘yicha matbuot anjumani berdi

Abdulaziz Komilov va Salohiddin Rabboniy Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi yakuni bo‘yicha matbuot anjumani berdi


“Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi yakuni bo‘yicha jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Unda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy nufuzli tadbir ahamiyati, mazmun-mohiyati, erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi, deb yozadi O‘zA.

Biz eng avvalo, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevdan va o‘zbek xalqidan minnatdormiz.

Biz tufayli Markaziy Osiyo mintaqasida notinchlik yuz berayotgani, qo‘shni davlatlar tinchligiga rahna solayotganimizdan o‘zimiz ham noqulay vaziyatdamiz. Terrorizm, zo‘ravonlik, qurol-yarog‘ savdosi bizning eng og‘riqli nuqtamiz hisoblanadi.

Shu bois bugungi kunda Afg‘onistondagi vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha ko‘p qirrali va murakkab masalalar mintaqa va xalqaro miqyosda keng muhokama qilinmoqda. Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy inqirozni hal etish yo‘llarini topish maqsadida tashkil etilgan Qobul jarayoni, Moskva formati, Xalqaro muloqot guruhi, Istanbul jarayoni kabi ko‘p tomonlama muhokama jarayonlari alohida diqqatga sazavor.

Ana shunday sa’y-harakatlar samarasini ta’minlash va yurtimizda tinchlikka erishish niyatida fevralda biz Qobul jarayoni doirasida “Tolibon” harakatining “oldindan shart qo‘ymaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik” asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni boshladik. Ular zo‘ravonliklarga barham berishi va afg‘on konstitutsiyasini qabul qilishi kerak.

Bugun imzolangan deklaratsiyani 6–7 ta muhim joylari bor. Biroq, qirq yilki davom etib kelayotgan urush va nizolarni birdaniga, bir kunda barham topishi oson emasligini qayd etishim kerak. Shunday bo‘lsada, Toshkentda o‘tayotgan “ Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiya va bu yerda imzolangan deklaratsiya tez kunlarda o‘z samarasini berishiga juda ishonaman. So‘zimni yakunida qardosh O‘zbekiston hukumatiga va xalqiga o‘z minnatdorchiligimni yana bir bildiraman.

Salohiddin Rabboniy, Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri

Deyarli qirq yildan beri tinmayotgan afg‘on urushida aslida g‘olib ham, mag‘lub ham yo‘q. Ya’ni bu maqsadsiz urushga nuqta qo‘yilmas emas afg‘on muammosi barham topmaydi.

Toshkent konferensiyasiga ko‘plab davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan vakillar kelib, afg‘on muammosi bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildiribgina qolmay, Afg‘onistonda tinch hayot tiklanishi va uning barqaror rivojlanishi uchun barcha zarur yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi.

“Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasida Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi imzolandi.

Konferensiya afg‘on muammosi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish maydonini yaratdi va bu boradagi davomli jarayonni boshlab berdi.

Endilikda afg‘on xalqi ham ushbu maqsad yo‘lida birlashishi zarur. Mamlakat hukumati va muxolifat qayerda, qachon uchrashishi, muzokaraga kirishishini o‘zi hal qilishi kerak. Ushbu masalada tashqi kuchlar ularga xalaqit bermasligi zarur.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev konferensiyada qilgan ma’ruzasida ham bu masalaga to‘xtalib, ”O‘zbekiston Qabul jarayoni doirasidagi ikkinchi majlis ishtirokchilarining Afg‘oniston hukumati bilan “Tolibon” harakatining “oldidan shart qo‘ymaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik” asosida to‘g‘rida-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni boshlash haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatlaydi”, deb alohida qayd etdi.

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan hamkorlik aloqalarini izchil davom ettiradi. Madaniy, ta’lim va iqtisodiy sohalarda afg‘on xalqiga yordam beradi. Afg‘on yoshlarini o‘qitish bo‘yicha maxsus jamg‘arma tuziladi. Umuman aytganda, asosiy maqsadimiz Afg‘onistonda tinchlik ta’minlanishiga, afg‘on xalqi farovonligiga erishishdir.

Abdulaziz Komilov, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют