» » Abdulaziz Komilov germaniyalik hamkasbini mansabga tayinlangani bilan tabrikladi va O‘zbekistonga taklif qildi

Abdulaziz Komilov germaniyalik hamkasbini mansabga tayinlangani bilan tabrikladi va O‘zbekistonga taklif qildi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniya federal tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan Heiko Maasga tabrik yo‘lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekiston Germaniya bilan o‘zaro manfaatli va keng qamrovli masalalar bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor, — deyiladi maktubda. — Biz konstruktiv siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, ikki tomonlama munosabatlarda iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish va madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni kengaytirishga katta e’tibor qaratamiz”.

O‘zbekiston “Germaniya bilan ko‘p tomonlama darajada hamkorlik qilish hamda mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari, jumladan, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasini amalga oshirish va Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga alohida e’tibor berishi” qayd etildi.

Maktubda O‘zbekiston TIV rahbari Germaniya federal vaziri Heiko Maasni O‘zbekiston va Afg‘oniston tashabbusi bilan 26–27-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyasida ishtirok etishga taklif qildi.

Toshkent konferensiyasida Germaniyaning tashqi ishlar vaziri darajasida ishtirok etishi Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilish Germaniya tomoni uchun ustuvor masala ekanligini yana bir dalili bo‘lishi ta’kidlangandi.

Maktub yakunida Abdulaziz Komilov Heiko Maasning “ushbu yangi oliy lavozimdagi faoliyatida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona, ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirishga hissa qo‘shishi”ga ishonch bildirdi va uni o‘ziga qulay vaqtda O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют