» » Tojikiston tashqi ishlar vaziri: Terrorchi kuchlarning Afg‘oniston hududini o‘zining g‘araz maqsadlarini amalga oshirishdagi platsdarmga aylantirishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi

Tojikiston tashqi ishlar vaziri: Terrorchi kuchlarning Afg‘oniston hududini o‘zining g‘araz maqsadlarini amalga oshirishdagi platsdarmga aylantirishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi


Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasida so‘z olib, kun tartibidagi masalalarga o‘z munosabatini bildirdi. Uning so‘zlarini O‘zA keltirmoqda.

Avvalo, Afg‘oniston bo‘yicha muloqotni tashkil qilgan birodar O‘zbekiston tomoniga o‘z minnatdorligimizmin bildirishga ruxsat bergaysiz. Zero, mazkur konferensiya qo‘shni va jafokash afg‘on xalqi uchun tinchlik, barqarorlik olib keladigan mintaqaviy kuchlarimizni birgalikda faollashtirishga imkon beradi.

Bizning barchamiz bir narsani yaxshi tushunishimiz kerak — mintaqada barqarorlikka erishishning muhim sharti sifatida Afg‘onistonda tinchlikka erishish masalasi turadi. Ammo keyingi vaqtlarda dunyo hamjamiyati unutib qo‘ymoqda: ayrim siyosiy kuchlarning Afg‘onistonda yuzaga kelgan vaziyatdan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanayotganlari ushbu davlatda vaziyatni yanada keskinlashtirmoqda. Buning oqibati sifatida tashkil topgan IShID jangarilarining faoliyatini keltirish mumkin. Terrorchi kuchlarning Afg‘oniston hududini o‘zining g‘araz maqsadlarini amalga oshirishdagi platsdarmga aylantirishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Sirojiddin Aslov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют