» » Mavlut Chavusho‘g‘lu: Turkiya Afg‘oniston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor

Mavlut Chavusho‘g‘lu: Turkiya Afg‘oniston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor


“Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi xalqaro konferensiyada so‘zga chiqqan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lu Turkiya O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga oid tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi, deb xabar beradi O‘zA.

Mavlut Chavusho‘g‘lu o‘z nutqida Toshkent konferensiyasi Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishda muhim o‘rin tutishini qayd etdi.

“Bu beqarorlikka sabab bo‘layotgan kuchlarning o‘zaro yarashuviga oid jarayonni tezlashtirishga yordam beradi.

Afg‘oniston muhim transchegaraviy hududda joylashgan. Bu mamlakat bilan hamkorlik qilishdan Turkiya ham manfaatdor. Ayni paytda ma’lum yo‘nalishlarda hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarning uni qo‘llab-quvvatlashi esa alohida e’tiborga loyiq.

Ayniqsa, bu jabhaga O‘zbekiston katta hissa qo‘shdi. O‘zbekistoning bu boradagi tashabbuslarini olqishlaymiz va bu borada biz ham barcha zarur yordam ko‘rsatishga tayyormiz. Turkiya O‘zbekiston bilan ham Afg‘oniston bilan ham hamkorlikni davom ettiradi”, — deydi Turkiya tashqi ishlar vaziri.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют