» » 2018-yilda Sudyalar oliy kengashi tomonidan 16 sudyaga nisbatan jazo chorasi ko‘rildi

2018-yilda Sudyalar oliy kengashi tomonidan 16 sudyaga nisbatan jazo chorasi ko‘rildi


O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri, sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish, shuningdek, ularni jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortishga xulosa berishdan iboratdir, deb yozadi “Odillik mezoni” jurnali.

2017-yilda Sudyalar oliy kengashi tomonidan sudyalarga nisbatan 54 ta intizomiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ularni muhokama etish natijalariga ko‘ra 28 nafar sudyaga nisbatan “hayfsan”, 16 nafar sudyaga nisbatan “jarima” intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan, 8 ta intizomiy ish tugatilgan, 2 nafar sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish masalasini hal qilish uchun ish materiallarini vakolatli organga yuborish haqida qaror qabul qilingan.

Qo‘zg‘atilgan intizomiy ishlarning 20 tasi fuqarolik ishlari bo‘yicha, 24 tasi jinoyat ishlari bo‘yicha, 5 tasi iqtisodiy hamda 5 tasi ma’muriy sudlarning sudyalariga to‘g‘ri keladi. Shulardan 42 tasi birinchi marta besh yil muddatga tayinlangan sudyalarga, 9 tasining sudyalik staji navbatdagi o‘n yil muddatga, 3 tasining sudyalik staji esa sudyalik lavozimining muddatsiz davriga to‘g‘ri keladigan sudyalarga tegishlidir.

Tahlillarga ko‘ra, intizomiy ishlarning aksariyat qismi jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga (12 ta), fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati (6 ta), Surxondaryo (5 ta) viloyat sudlariga oiddir. Mazkur intizomiy ishlarning 41 tasi Sudyalar oliy kengashining tashabbusi bilan qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, qolgan 1 tasi sudlar tomonidan chiqarilgan xususiy ajrim natijasi bo‘yicha, 12 tasi joylardagi malaka hay’atlari tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra qo‘zg‘atilgan.

2018-yilning yanvar, fevral, mart oylarida esa, 15 ta sudyaga nisbatan intizomiy, 1 ta sudyaga nisbatan ma’muriy jazo chorasi ko‘rilgan. Viloyatlar kesimida aytadigan bo‘lsak, Andijon va Xorazm viloyatlarida 3 tadan, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida 2 tadan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va Jizzax viloyatida 1 tadan sudyalarga intizomiy jazo choralari ko‘rilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют