» » Namanganda Prezident tashrif buyurgan mahallada yangi idora, sport majmuasi, tikuvchilik korxonasi va namunaviy uylar qad rostladi (foto)

Namanganda Prezident tashrif buyurgan mahallada yangi idora, sport majmuasi, tikuvchilik korxonasi va namunaviy uylar qad rostladi (foto)


Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Bo‘ston” mahallasida bir qator yangi obyektlarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Prezidenti o‘tgan yil viloyatga tashrifi davomida mazkur mahallada to‘xtab o‘tgani hududda katta o‘zgarishlarni boshlab berdi. Qisqa vaqt mobaynida mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi, tikuvchilik korxonasi, sport majmuasi, dorixona, kitob, oziq-ovqat va trikotaj mahsulotlari do‘konlari, o‘quv markazi va otalar choyxonasini o‘z ichiga olgan mahalla guzari hamda 10 ta oilaga mo‘ljallangan namunali uylar foydalanishga topshirildi.

— Davlat rahbari bo‘lgan eski idora bilan yangi binoni taqqoslasangiz yer bilan osmonchalik farqni ko‘rasiz. Hozirgi 7 ta xonada rais, maslahatchi, profilaktika inspektori uchun kabinetlar, majlislar zali, kutubxonamiz bor. 3 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan mahallamizda keyingi ikki yil mobaynida biror jinoyatchilik yoki huquqbuzarlik sodir etilmadi. O‘zim va profilaktika inspektorimiz Sherali Mahmudov respublika tanlovida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdik, — deydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Abdufattoh Saidov.

Mahalla idorasining yangi binosi qurilishiga 750 million so‘m sarflandi. Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan 167 million so‘mlik idora jihozlari, orgtexnika vositalari topshirildi.

Loyiha qiymati 1 milliard 700 million so‘m bo‘lgan sport majmuasi mini stadion, voleybol, basketbol, gandbol, boks singari ko‘plab sport turlari bo‘yicha shug‘ullanishga mo‘ljallangan yopiq inshootdan iborat. Majmuada kuniga 300 nafar o‘g‘il-qiz mashg‘ulot olib borishi uchun barcha sharoit mavjud.

“Bo‘ston” trikotaj korxonasida 120 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Keng va yorug‘ sexda asosan kollej bitiruvchilari bo‘lgan yoshlar mehnat qilmoqda. Bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlar esa hozirdan o‘z xaridorlariga ega.

Mahallada qad rostlagan 10 ta namunali uy nogironligi bo‘lgan shaxslar va kam ta’minlangan oilalarga topshirildi. Ularning har biriga uy kalitidan tashqari zamonaviy televizorlar ham taqdim etildi.

Tadbirda Prezidentning Davlat maslahatchisi Rustam Komilov, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashi boshqaruvi raisi Shavkat Javlonov, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Yangi obyektlar foydalanishga topshirilishi munosabati bilan mahallada o‘tkazilgan marosim haqiqiy bayram ko‘rinishini oldi.

Dasturxon yozilib, osh tortildi, sumalak va boshqa bahor taomlari tayyorlandi. San’atkorlar, dorbozlar chiqishlari davraga fayz kiritdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют