» » Xitoyda Kim Chen In va Si Szinpinning uchrashuvidan videolavhalar namoyish etildi

Xitoyda Kim Chen In va Si Szinpinning uchrashuvidan videolavhalar namoyish etildi


Xitoy markaziy televideniyesi Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan Pekinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan videolavhalar namoyish qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Kutib olish marosimi va muzokaralar Pekindagi Xalq yig‘inlari saroyida bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, Si Szinpin muzokaralar chog‘ida bir necha marta jilmaygani videokadrlarga tushib qolgan. Kim Chen In esa diqqat-e’tiborli va jiddiy ko‘rinishda bo‘lgan.

Kim Chen In va Si Szinpin muzokaralar doirasida xalqaro kun tartibidagi masalalarni, Koreya yarim orolidagi vaziyatni va ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildi.

Muzokaralardan so‘ng Xitoy yetakchisi va uning rafiqasi chet ellik mehmonlar uchun ziyofat uyushtirdi, unda Si Szinpin va Kim Chen In nutq so‘zladi.

KXDR yetakchisi rafiqasi bilan tashrif chog‘ida Xitoy fanlar akademiyasining innovatsiyalar ko‘rgazmasiga ham bordi, u yerda Shimoliy Koreya yetakchisi maxsus kitobda esdalik qaydini qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, 26-mart, dushanba kuni Yaponiya OAVlari KXDRning nomi oshkor etilmagan vakili Xitoy poytaxtiga tashrif buyurganligini ma’lum qilgan edi. Shu kunning o‘zida Bloomberg agentligi bu safar Xitoyga aynan KXDR yetakchisi Kim Chen In tashrif buyurganligi haqida xabar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют