» » Kim Chen In yadroviy qurolsizlanish uchun o‘z shartini aytdi

Kim Chen In yadroviy qurolsizlanish uchun o‘z shartini aytdi


KXDR yetakchisi Kim Chen In Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan Pekinda bo‘lib o‘tgan shaxsiy uchrashuv chog‘ida Janubiy Koreya va AQSh tomonidan munosib sharoitlar yaratilgan taqdirda, KXDR Koreya yarim orolini denuklearizatsiya qilishi (yadrosizlantirishi)ni ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Agar Janubiy Koreya va AQSh bizning (qurolsizlanish bo‘yicha) xatti-harakatlarimizni ijobiy tarzda qabul qilsa hamda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha izchil va kelishilgan choralarni ko‘rishda xotirjamlik va barqarorlik muhitini yaratsa, Koreya yarim orolida yadrosizlantirish muammosi hal etiladi”, — dedi Kim Chen In.

Shuningdek, KXDR rahbari Shimoliy Koreyaning sobiq rahbarlari Kim Ir Sen va Kim Chen Ir yadrosizlantirish tarafdori bo‘lganini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 58) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют