» » Janubiy Koreya Kim Chenning qimmatli va’dasi haqida ma’lum qildi

Janubiy Koreya Kim Chenning qimmatli va’dasi haqida ma’lum qildi


Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Kan Gen Xva Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In KXDR va AQSh muzokaralari oldidan Koreya yarim orolini denuklearizatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga amal qilishga va’da berganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

“Uning va’dasi juda qimmatli, chunki bu boradagi taklif ilk marta Shimoliy Koreya yetakchisidan chiqmoqda”, — deydi vazir.

Uning qayd etishicha, xalqaro hamjamiyat AQSh prezidenti Donald Trampning Kim Chen In bilan uchrashishga bunchalik tez qaror qabul qilganidan hayratga tushgan.

Vazirning aytishicha, mazkur o‘ta qat’iyatli qaror Trampning muammoni bittada va umrbod hal qilishni rejalashtirayotganini bildiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 112) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют