» » Kemerovodagi fojiadan so‘ng Toshkentdagi barcha savdo markazlari yong‘in xavfsizligiga yoppasiga tekshiruvdan o‘tkaziladi

Kemerovodagi fojiadan so‘ng Toshkentdagi barcha savdo markazlari yong‘in xavfsizligiga yoppasiga tekshiruvdan o‘tkaziladi


Rossiyaning Kemerovo shahridagi fojiadan so‘ng Toshkentdagi barcha savdo markazlari yong‘in xavfsizligiga yoppasiga tekshiruvdan o‘tkaziladi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligida doimiy faoliyat yurituvchi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “O‘zenergonazorat” xodimlaridan iborat komissiya, barcha savdo markazlari bu borada tegishli takliflar tayyorlamoqda.

“Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi odam gavjum joylarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha doimiy faoliyat olib bormoqda. Bir necha kun oldin Kemerovoda dahshatli fojia yuz berdi. Shu sababli, mutaxassislarimiz savdo markazlari va shunga o‘xshash ob’ektlarini qo‘shimcha yong‘in-profilaktika tekshiruvidan o‘tkazishni rejalashtirishgan. Biz yana bir bor ularning xavfsizligiga amin bo‘lmoqchimiz. Bu yerda hamma narsa muhim”, — dedi Toshkent IIBB Axborot-multimedia markazi rahbarining o‘rinbosari Irina Sayfutdinova.

Sayfutdinovaga ko‘ra, mutaxassislar yong‘in signalizatsiyasi ishlashi, xabar tarqatish tizimi, tutun yo‘qotish tizimi va favqulodda holatlarda binoni tezkor tark etish yo‘llariga hamda ularda ko‘rsatgichlar bo‘lishiga alohida e’tibor beradi. Shuningdek, savdo markazlari xodimlarining favqulodda holatlarga tayyorligi ko‘rib chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют