» » Avstraliyada it egalarini suv toshqinidan qutqardi

Avstraliyada it egalarini suv toshqinidan qutqardi


Avstraliyada tilla rang retriver uxlab yotgan egalarini suv toshqinidan ogohlantirdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Hodisa Kvinslend shtati, Kerns shahrida yuz bergan. Uilsonlar oilasi — Jenna va uning ikki qizi uxlayotganda, iti Rasti ularni uyg‘otgan. Tilla rang retriver yarim tunda, uyga mo‘ridan suv tusha boshlaganda trevoga ko‘targan. Dastlab Jenna xavfga yetarlicha baho bermagan, biroq derazadan qarab qochish kerakligini tushungan.

“Bolalar, it va mushukni olib, qochishga tushdim”, — deb hikoya qiladi avstraliyalik ayol. Keyingi bir necha soatda ularning uyini to‘liq suv bosgan. Barcha mol-mulkdan faqat ikkita kanoe qolgan.

Jenna zararni sug‘urta kompaniyasi yordamida qoplashga umid qilmoqda. U e’tiborli itini yangi bo‘yinbog‘, suyak va yaxshi shampun bilan mukofotlaganini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют