» » “Toshkent—Bishkek—Ribachye—Toshkent” yo‘nalishida qatnaydigan poyezd chiptalariga chegirmalar e’lon qilindi

“Toshkent—Bishkek—Ribachye—Toshkent” yo‘nalishida qatnaydigan poyezd chiptalariga chegirmalar e’lon qilindi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Toshkent—Bishkek—Ribachye (Issiqko‘l)—Toshkent” yo‘nalishida qatnaydigan poyezd chiptalariga chegirmalar e’lon qildi, deb xabar berdi “Podrobna.uz”.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, chegirmalar faqatgina chiptalarni oldindan sotib olish holatlarida taqdim etiladi.

Masalan, kupe va lyuks klassidagi chiptalarni poyezdning jo‘nash sanasidan 45—31 kun oldin sotib olgan yo‘lovchiga 45 foiz chegirma beriladi, 30—6 kun oldin sotib olganlarga esa 35 foiz miqdori chegirma taqdim etiladi.

Ommabop platskart vagonlari uchun ham chegirmalar bo‘ladi. Jo‘nash sanasidan 45—31 kun oldin sotib olingan chiptaga 35 foiz, 30—6 kun oldin sotib olinganiga esa 25 foiz chegirma beriladi.

Ta’kidlash kerakki, chegirmalar bir mamlakat tashqarisida sotib olingan chiptalarga taalluqli emas.

Eslatib o‘tamiz, “Toshkent—Bishkek—Ribachye” yo‘nalishi bo‘yicha muntazam temiryo‘l qatnovlarining birinchi poyezdi 22-mart kuni soat 20:50 da Toshkent Markaziy vokzalidan yo‘lga chiqqani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют