» » Amerika telekanali stolbadan tusha olmayotgan mushukni 1,5 soat efirga uzatdi

Amerika telekanali stolbadan tusha olmayotgan mushukni 1,5 soat efirga uzatdi


26-mart kuni Arizona shtati ABC15 telekanali elektr uzatish stolbalaridan birida Jipsi laqabli mushuk bir necha kundan buyon yerga tusha olmayotganligi haqidagi xabarni oldi. Jurnalistlar stolbaga yo‘l olib, mushukni Facebook’da translyatsiya qila boshladi, deb yozadi TJournal.

Strim bir yarim soatga yaqin davom etgan. Muxbir muntazam ravishda mushuk harakatlariga sharh berib borgan. ABC15 efiri 500 mingdan ortiq kishining e’tiborini jalb etgan. Facebook’dagi video 20 mingga yaqin izoh to‘plagan.

Translyatsiya o‘rtalarida foydalanuvchilar tashabbusni o‘z qo‘liga olib, Jipsini o‘t o‘chiruvchilar qutqarishi uchun 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qila boshlagan. Biroq ular vaziyatdan xabardor ekanligini ma’lum qilgan.

Keyinroq telekanal narvon olib kelgan mahalliy fuqaro mushukni qutqarganligini xabar qilgan. Shu bilan translyatsiya o‘z yakuniga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют