» » Toshkentda yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash yarmarkasi o‘tkazildi (foto)

Toshkentda yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash yarmarkasi o‘tkazildi (foto)


Bugun, 28- mart kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan “O‘zikkilamchiranglimetall” AJga qarashli “Yoshlar sport sity” majmuasida “Yoshlarning innovatsion g‘oyalari va texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

“Bayramona tarzda o‘tgan mazkur tadbirda respublikaning barcha hududlaridan kelgan 100 ga yaqin yoshlar o‘zlarining innovatsion ishlanmalarini taqdim etdi”, — deyiladi xabarda.

Ko‘rgazma “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ, Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi, Artel kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda fanlar akademiyasi vakillari qatnashdi.

Yarmarkani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarga qiziqishi baland bo‘lgan yoshlarni kashf etish va ularning yangi, raqobatbardosh innovatsion g‘oyalarini hayotga tadbiq etishga safarbar etishdan iborat. Ko‘rgazmada yosh olimlar, tadqiqotchilar hamda talabalar rag‘batlantirilib, ilmiy va amaliy ishlanmalarni namoyish etishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Ko‘rgazma yakuniga ko‘ra eng yaxshi innovatsion g‘oya mualliflariga homiylarning qimmatbaho sovg‘alari, diplom va tashakkurnomalar topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют