» » Toshkentda Yoshlarning Innovatsion g‘oyalari va texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda Yoshlarning Innovatsion g‘oyalari va texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash yarmarkasi bo‘lib o‘tadi


“O‘zikkilamchiranglimetall” AJ, Yoshlar Ittifoqining Toshkent shahar kengashi, Artel, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi, “Adolat” SDP hamkorligida Yoshlarning Innovatsion g‘oyalari va texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash yarmarkasi tashkil etilmoqda.

Ko‘rgazma korxonalar, ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarga qiziqishi baland bo‘lgan yoshlarni kashf etish va ularning yangi, raqobatbardosh innovatsion g‘oyalarini hayotga tadbiq etishga safarbar etishdan iborat.

Ko‘rgazmada yosh olimlar, tadqiqotchilar, talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan. Ular o‘z ilmiy va amaliy ishlanmalarini namoyish etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilishi ko‘zda tutilgan. Ko‘rgazma yakunlariga ko‘ra eng yaxshi innovatsion g‘oya mualliflariga homiylarning qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.

Mazkur yarmarkada o‘zining innovatsion g‘oyasini taqdim etmoqchi bo‘lganlar +99871-2587478 yoki +998998980382 raqamiga Telegram orqali yozib yuborishi mumkin

Yarmarka 28-mart kuni Sergeli tumanida joylashgan “O‘zikkilamchiranglimetall” AJga qarashli Yoshlar Sport City majmuasida bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют