» » Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Bolalar onkologiyasi shifoxonasida kutubxona tashkil etib berdi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Bolalar onkologiyasi shifoxonasida kutubxona tashkil etib berdi


Facebook ijtimoiy tarmog‘ida bir muddat oldin boshlangan fleshmob natijasida foydalanuvchilarning sa’y-harakatlari bilan Respublika onkologiya ilmiy markazi bolalar onkologiyasi shifoxonasida ushbu muassasada davolanayotgan bolalar uchun kutubxona tashkil etildi.

Fleshmobni tadbirkor Firuz Allayev boshlab berdi. Farzandi dardga chalingani tufayli ushbu tibbiy muassasada ma’lum vaqt bo‘lgan tadbirkor u yerdagi bolalarning bo‘sh vaqtlari ko‘pligini, bu vaqtni mazmunli sarflash uchun kitoblarga ehtiyoj borligini ko‘rdi. Uning Facebook’dagi chaqirig‘iga boshqa foydalanuvchilar ham qo‘shildi.

Ikki oy ichida O‘zbekistonning turli hududlaridan yuzdan ortiq kitob yuborildi. Shifoxonada kitob javoni o‘rnatildi.

“Kasalxonada yotgan bolalar va ota-onalar kutubxonaga, kitoblarga shu zahoti qiziqib ketishdi. Ham ota-onalar uchun, ham bolalar uchun qiziqarli kitoblarni to‘plashga harakat qildik”, — deb yozdi Firuz Allayev, fleshmob natijalarini e’lon qilarkan.

“Oldinda, boshqa shifoxonalarda ham xuddi shunga o‘xshash kutubxonalar tashkillashtirish niyatidamiz”, — qo‘shimcha qildi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...