» » Shavkat Mirziyoyev: Xavf-xatarlarni bu ozimizniki, bu birovniki deb ajratishga haqqimiz yoq (video)

Shavkat Mirziyoyev: Xavf-xatarlarni bu ozimizniki, bu birovniki deb ajratishga haqqimiz yoq (video)


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afgoniston boyicha Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzusida otkazilgan xalqaro konferensiyadagi nutqi davomida Ozbekiston va Afgonistonni bir-biriga chambarchas boglab turuvchi omillar haqida soz yuritdi.

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi voqealar oqibatida Afgonistondagi vaziyat malum bir vaqt davomida xalqaro siyosat etiboridan chetda qoldi. Ammo buning natijasida mazkur mojaro oz keskinligi va jiddiyligini yoqotgani yoq.

Ozbekistonda xalqaro konferensiya otkazish taklifi va Afgonistonda tinchlik va barqarorlikni taminlashga qaratilgan say-harakatlarni birlashtirish zarurati quyidagi omillar bilan bogliq.

Birinchidan, bizning tashabbusimiz Ozbekistonning tashqi siyosat konsepsiyasiga tola mos keladi. Bu konsepsiyada avvalo qoshni mamlakatlar bilan yaxshi qoshnichilik, dostlik va ozaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash ustuvor vazifa etib belgilangan.

Ikkinchidan, Ozbekiston va Afgoniston xalqlari asrlar davomida yagona madaniy-sivilizatsion makonda yashab kelgan. Azal-azaldan Amudaryoning ikki tomonida ozaro oxshash tillar, umumiy muqaddas din va mushtarak manaviy qadriyatlar birlashtirib turadigan xalqlar yashab kelmoqda.

Amudaryo biz uchun hamisha tiriklik manbai bolib kelgan, ammo odamlarning erkin harakat qilishiga, savdo aloqalarini yaqindan rivojlantirishga, ilm-fan sohasidagi yutuqlar bilan ortoqlashishga va bir-birini madaniy jihatdan boyitishga hech qachon tosqinlik qilmagan.

Afgon zaminida Markaziy Osiyo Uygonish davrining Abu Rayhon Beruniy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab kabi buyuk namoyandalari va boshqa koplab bizning ulug ajdodlarimiz yashab ijod qilganlar.

Bugungi kunda Ozbekiston va Afgoniston ortasida yaqin siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar yolga qoyilgan. Afgonistonda millionlab ozbeklar yashaydi. Afgoniston Konstitutsiyasiga muvofiq ozbek tili mamlakatning rasmiy tillaridan biri hisoblanadi.

Uchinchidan, barchamiz qatiy ishonamizki, xavfsizlik yagona va bolinmasdir va uni faqat birgalikdagi say-harakatlar bilan taminlash mumkin. Biz xavf-xatarlarning bazi birlarini ozimizniki, boshqasini esa birovniki, deb qabul qilmasligimiz kerak, aniqroq aytganda, bunday qilishga haqqimiz yoq.

Afgoniston xavfsizligi bu Ozbekiston xavfsizligi, butun bepoyon Markaziy va Janubiy Osiy mintaqasi barqarorligi hamda taraqqiyotning garovidir. Xalqaro terroristik tashkilotlar Afgonistonni ozining doimiy makoniga aylantirib olishiga yol qoyib bolmaydi.

Tortinchidan, Ozbekiston Afgonistonda tinchlik ornatishga komaklashish boyicha tajribaga ega.

Ozbekistonning tashabbusi bilan 1999-yilda Toshkentda Afgonistonga qoshni davlatlar, Rossiya va AQSh tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari darajasida 6+2 guruhining uchrashuvi bolib otgan edi. Bu uchrashuvda Shimoliy Ittifoq va Tolibon harakati vakillari ham ishtirok etgan edi.

Muzokaralar yakuni boyicha Afgonistondagi nizolarni tinch yol bilan bartaraf etishning asosiy prinsiplari haqidagi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi va u Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 54-sessiyasi va BMT Xavfsizlik Kengashining rasmiy hujjatiga aylandi.

Shu munosabat bilan biz Afgoniston bilan umumiy kelajagimiz, afgonistonlik birodarlarimizni ham, bizni ham birdek tashvishga solayotgan masalalar haqida gapirish uchun barcha asoslarga, siyosiy va manaviy huquqqa egamiz.

Aynan mana shuning uchun ham Ozbekiston butun dunyo mamlakatlarini bizning bu ezgu ishdagi say-harakatlarimizni qollab-quvvatlashga davat etadi.

Shavkat Mirziyoyev, Ozbekiston Prezidenti



Manba: Daryo.uz
: admin (28-03-2018, 20:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -