» » Fotoreportaj: Kim Chen In va Si Szinpinning Pekindagi uchrashuvi

Fotoreportaj: Kim Chen In va Si Szinpinning Pekindagi uchrashuvi


Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In rafiqasi Li Sol Chju bilan birgalikda so‘nggi yetti yilda ilk bora xorijga safar uyushtirdi. Ular Pekinda Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashdi, deb xabar beradi “RBK”.

KXDR rahbari Kim Chen Inning Xitoyga tashrifi 2011-yilda hukumat tepasiga kelganidan buyon birinchi marotaba xorijga chiqishi hisoblanadi. Pekinga borishiga Si Szinpinning qaytadan Xitoy raisi etib saylangani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Tashrif borasida rasman e’lon qilinmadi. Hafta boshida Pekinda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan bo‘lsa, seshanba kuni shaharning temiryo‘l vokzali joylashgan tomoniga davlat raqamlari bo‘lmagan avtomobillar korteji harakatlangan. Shundan keyin OAVlar vokzalga Shimoliy Koreyadan maxsus poyezd kelganligini ma’lum qildi.

Xitoy va KXDR yetakchilari Koreya yarim orolidagi vaziyatni muhokama qildi va ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlikni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Kim Chen In Janubiy Koreyaga nisbatan munosabatni o‘zgartirish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Tashrif yakunida Si Szinpin Kim Chen Inni yana bir bor Xitoyga kelishga taklif etdi. Bunga javoban KXDR rahbari ham Xitoy raisini Pxenyanga taklif qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют