» » Advokat: Muhammad Solih Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha ko‘rsatma berishga tayyorligini bildirdi

Advokat: Muhammad Solih Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha ko‘rsatma berishga tayyorligini bildirdi


Turkiyada istiqomat qilayotgan muxolifatdagi “O‘zbekiston xalq harakati” yetakchisi Muhammad Solih O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuzda ayblanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha ko‘rsatma berishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining navbatdagi majlisida Abdullayevning advokati Sergey Mayorov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

“Abdullayevning advokati sifatida menga Muhammad Solih himoyam ostidagi shaxsning u ayblanayotgan jinoyatlarga aloqasi yo‘qligi haqidagi bayonot bilan murojaat qildi. Muhammad Solih bilan bir necha bor muloqotda bo‘ldim. U O‘XH saytida ‘Usmon Haqnazarov’ taxallusi bilan chop etilgan ‘Islom Karimovning ‘tabiiy’ o‘limi qanday uyushtirildi’, ‘Sarimoy fojiasi haqidagi haqiqat’, ‘Suriya saboqlari va ‘tinchliksevarlar’ga javoblar’, ‘Islom Karimov umrbod hokimiyatda qolishga qaror qildi’ kabi maqolalarni Bobomurod Abdullayev yozmaganini aytdi”, — ta’kidladi Mayorov.

Muhammad Solih sud tanloviga ko‘ra Telegram, Viber, Imo, Skype va boshqa dasturlar orqali interaktiv tartibda, shuningdek, sud taqdim etgan savollarga yozma tariqada ko‘rsatma berishga tayyorligi, ko‘rsatmalarni legallashtirish uchun ularni O‘zbekistonning Turkiyadagi konsuliga taqdim etishi mumkinligini bildirdi.

Sergey Mayorov sudga Solihning maktubini jinoiy ishga qo‘shish va uni guvoh sifatida O‘zbekistonning Turkiyadagi konsulligi ishtirokida so‘roq qilish haqidagi iltimosnomani kiritdi.

Advokatlar, prokuror va Bobomurod Abdullayev buni qo‘llab-quvvatladi. Zafar Nurmatov raisligidagi sud maslahatlashib, iltimosnomani qondirmaslikka qaror qildi. Sud buni barcha sudlanuvchilar, guvohlar, mutaxassislar va boshqa qatnashchilar so‘roq qilib bo‘linmagani bilan izohladi.

“Oldin bu ish bo‘yicha barcha qatnashchilarni so‘roq qilamiz. Shundan so‘ng, kerak bo‘lsa, yana davom ettirishimiz mumkin. Sud hozir iltimosnoma kiritilishining mavridi emas, deb hisoblaydi”, — dedi Zafar Nurmatov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют