» » Shmelyov: O‘zbekistonning ochiqligi haqidagi gaplar mazmun-mohiyat kasb etmoqda

Shmelyov: O‘zbekistonning ochiqligi haqidagi gaplar mazmun-mohiyat kasb etmoqda


O‘zbekistonning MDHning moliyaviy razvedka to‘g‘risidagi bitimiga qo‘shilishi mamlakatning tashqi siyosiy yo‘nalishiga mantiqan mos keladi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti tashqi siyosat markazi rahbari Boris Shmelyov aytib o‘tdi, deb yozadi Sputnik.

“Asosiysi — MDH doirasida umumiy siyosatga qo‘shilish, MDHning boshqa mamlakatlari bilan aloqalarni yaxshilash va bu maydondan ushbu muammolarni yechishda foydalanish”, — dedi Shmelyov.

Ekspert ayni paytda O‘zbekiston ochiqroq mamlakatga aylanib borayotgani va unga rivojlanishning yuqori sur’atlari zarurligini, ularga esa faqat keng kooperatsiya va hamkorlik asosidagina erishish mumkinligini ta’kidladi.

“Biz hozir O‘zbekistonning ochiqligi haqidagi gaplar mazmun-mohiyat kasb etayotganini kuzatyapmiz”, — dedi ekspert.

Avvalroq O‘zbekiston MDH davlatlari moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlarining kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuv (Ashxobod, 05.12.2012-yil) va mazkur kelishuvga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnomaga (Minsk, 10.10.2014-yil) qo‘shilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют