» » O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyada o‘zaro hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyada o‘zaro hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda


O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi strategik va mintaqaviy tadqiqotlar Instituti (SMTI), Xalqaro tadqiqotlar axborot-tahlil markazi (XTATM), “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati vakillaridan iborat delegatsiya Berlin shahrida bo‘lib turibdi.

Safardan maqsad — O‘zbekiston-Germaniya o‘zaro manfaatli hamkorligini kengaytirish, 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan harakatlar strategiyasini amalga oshirishning borishi to‘g‘risidagi axborot, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosiy tashabbuslarini GFRning siyosiy xulosalar hosil qiluvchi, ekspert va jamoatchilik doiralari e’tiboriga havola etishdan iborat.

O‘zbekiston delegatsiyasi federal kanslerning idorasi, tashqi ishlar, iqtisodiyot va energetika, iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik federal vazirliklarida, Sharqiy Yevropa va xalqaro tadqiqotlar, Germaniya tashqi siyosat fondida bir qator muzokaralar va maslahatlashuvlar o‘tkazdi.

Germaniyalik hamkorlar O‘zbekistonda qabul qilingan Harakatlar strategiyasini ma’qulladi va bu dasturiy hujjatda belgilangan vazifalarni amaliyotga joriy qilishda har tomonlama yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi.

O‘tkazilgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, SMTI va XTATM rahbariyatlari va Germaniyaning hukmron partiyasi “aql markazi” va nufuzli tadqiqot muassasalari — Konrad Adenauer fondi, F.Ebert fondi, Kavkaz va Kaspiy tadqiqotlari Yevropa instituti bilan memorandumlar imzolandi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Germaniyaga safari davom etmoqda.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 118) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют