» » Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga Vladimir Norov direktor etib tayinlandi

Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga Vladimir Norov direktor etib tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga Vladimir Norov direktor etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga ishonchli manba ma’lum qildi.

Vladimir Norov 1955-yilda Buxoroda tug‘ilgan. 1976-yilda Buxoro pedagogika institutini bitirgan. 1976—1978-yillarda Qurolli Kuchlar xizmatida, 1978—1990-yillar davomida Sobiq ittifoq Ichki ishlar vazirligi idoralarida turli lavozimlarda ishlagan. 1993—95-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining yetakchi konsultanti. 1996—1998-yillarda – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlatlararo munosabatlar va Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi bo‘lgan. 1998—2003-yillarda — O‘zbekistonning Germaniyadagi, o‘rindoshlik asosida – Polsha va Shveytsariyadagi elchisi. 2005—2006-yillarda — O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi. 2006-yil 12-iyuldan 2010-yil 12-yanvargacha – O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri. 2013-yil 27-avgustdan — O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi. Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik martabasiga ega.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-05-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют