» » O‘zbekiston va Germaniya ekspertlari ekstremizmga qarshi kurashda hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Germaniya ekspertlari ekstremizmga qarshi kurashda hamkorlik qiladi


O‘zbekiston va Germaniya ekspert hamjamiyati diniy ekstremizga qarshi kurash sohasida hamkorlikni faollashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar qildi.

Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi devoni, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Xalqaro tadqiqotlar axborot-tahlil markazi va “Strategik taraqqiyot” markazi vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyada besh kunlik tashrif bilan bo‘ldi.

Tashrif doirasida FRG kansleri mahkamasi, tashqi ishlar, iqtisodiyot va energetika, iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik federal vazirliklari, Sharqiy Yevropa va xalqaro tadqiqotlar markazi, Tashqi siyosat nemis hamjamiyatida muzokara va maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Berlinda parlamentariylar, tadqiqot va akademik doiralar, biznes hamjamiyatlar hamda FRG Tashqi ishlar federal vazirligi vakillari ishtirokida “O‘zbekiston qayta o‘zgarishlar jarayonida. Islohotlar siyosati: rejalar va istiqbollar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

“Yangi va istiqbolli hamkorlik sohasi sifatida diniy ekstremizmga qarshi kurash, O‘zbekiston Prezidentining yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani ishlab chiqish to‘g‘risidagi tashabbusini amaliy jihatdan amalga oshirish nuqtai nazaridan yosh avlodning ma’naviy rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish taklif qilindi”, — deyiladi TIV xabarida.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют