» » Rustam Qosimjonov Fabiano Karuanoni Jahon chempionligi uchun uchrashuvga olib chiqdi (foto)

Rustam Qosimjonov Fabiano Karuanoni Jahon chempionligi uchun uchrashuvga olib chiqdi (foto)


Joriy yilning 10—28-mart kunlari Germaniyaning Berlin shahrida shaxmat bo‘yicha Jahon toji da’vogarlari musobaqasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Olamsport”.

Musobaqa amaldagi Jahon chempioni Magnus Karlsen bilan Jahon shaxmat toji uchun bahsga olib chiquvchi da’vogarni aniqlovchi dunyoning eng nufuzli musobaqasi hisoblanadi.

Turnirda jahon shaxmat yulduzlari Shahriyor Mamadiyarov (Ozarbayjon), Vladimir Kramnik (Rossiya), Uesli So (AQSh), Levon Aronyan (Armaniston), Fabiano Karuano (AQSh), Din Lijen (Xitoy), Aleksandr Grishuk (Rossiya) va Sergey Karyakin (Rossiya) ishtirok etdi. Musobaqa ikki davra tizimida o‘tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra o‘zbekistonlik 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov yordamchi murabbiyligi ostida musobaqada ishtirok etgan amerikalik Fabiano Karuana 9 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi.

Fabiano Karuana joriy yilning noyabr oyida Buyuk Britaniyaning London shahrida amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen bilan Jahon shaxmat toji uchun bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют