» » Respublika ishchi guruhiga arz: Chustning chiqindisi Popni bulgamoqda

Respublika ishchi guruhiga arz: Chustning chiqindisi Popni bulgamoqda


Pop tumanidagi Yangiobod, Yuqori qishloq, Yangi toda, Eski toda aholi punkti fuqarolari ichimlik suvi tanqisligidan Todasoy soyiga oqizilayotgan chiqindi suvidan istemol qilishga majbur bolyapti. Masalaning dolzarbligi esa Chust tumani sil kasalliklari dispanserining oqava suvlari xlorlanayotgan bolsa-da, kanalizatsiya tizimi orqali shu soy suviga quyib yuborilayotganida, deya xabar beradi OzA.

Hududimizda toza ichimlik suvi tarmogi yoqligi bois aholi soy suvidan istemol qiladi. Soyga qoshni tumanning barcha yirik tashkilotlari va maishiy xizmat korsatish obyektlarining kanalizatsiya suvi oqizilayotgani sababli, suvning tami shor va istemolga umuman yaroqsiz. Chiqindixonaga aylangan soydan anqiydigan badboy hid bahordan to qishga qadar uzoq-uzoqlarga qadar yetib bormoqda. Chustning chiqindisi Popni bulgamoqda. Bu holatga qachongacha chidash mumkin?! Bormagan joyimiz ham qolmadi. Hech qanday natija yoq. Yagona umidimiz Popni organayotgan respublika ishchi guruhidan, deydi Yangi toda mahallasida yashovchi pensioner Mahammadjon Hasanaliyev.

Jurnalistlar ushbu muammoning kelib chiqish sabablarini organishdi. Aniqlanishicha, chiqindi suvlarini biologik tozalash inshooti Chust tumanidagi Duoba qishlogida joylashgan Oqavasuv kop tarmoqli xususiy korxonasiga tegishli.

Korxona rahbari Murodjon Yuldashevning aytishicha, bino 1984-yilda qurilgan va 2000-yilga qadar Barion korxonasi qoshida bolgan. Umumiy yer maydoni0,9 gektarva quvvati sutkasiga400 metrkubga teng.

Nufuzli korxona bankrot bolgach, 2000-yil 30-dekabrda Oqavasuv kop tarmoqli xususiy korxonasi sifatida tashkil etildi, deydi M.Yoldoshev. Mana, 18 yildan buyon ishlab kelayapmiz. 1 oyda 33,5 million somlik xizmatlar bajaramiz. Ammo koplab byudjet tashkilotlari bizga mablag otkazib bermaydi. Bu yerdagi harbiy qism yaxshi mijozimiz edi. Ammo 2015-yilda Harbiy prokuratura tergov qilib, qism ortiqcha byudjet mablaglaridan 17,5 million som tolab yuborganini aniqlagan va buni zimmamizga yuklagan edi. Hozir 80 million som qarzimiz bor. 55 million somi ish haqidan, 13 million somi elektr energiyasidan, 12 million somi esa soliqdan shakllangan. Bir vaqtlar bu yerda 22 tagacha odam ishlardi, endilikda esa 5 kishi amal-taqal qilib kun otkazmoqda. Bizni bu inshootni na tamirlashga, na biror ozgarish qilishga qurbimiz yetmaydi. Yechim uchun eng togri yol uni viloyat Suvoqava korxonasi tarkibiga otkazish. Togri, meni davlat sanitariya xizmati bir necha marotaba ogohlantirdi. Ammo iqtisodiy imkoniyatim bolmasa, nima qilishim kerak? Axir muammo xususiy emas, hudud ahamiyatiga molik. Bir necha marotaba qilgan murojaatlarimga hech bir masul etibor qaratayotgani yoq.

Inshoot hozirda kapital tamirga muhtoj bolib, bir necha yillardan buyon tamirlash ishlari otkazilmagan. Quvurlar eskirib chirib ketgan. Hozirgi kunda chiqindi suvlar birlamchi hovuzlarda tindirilmayapti. Xlor bilan toliq zararsizlantirilmasdan togridan-togri hududdan oqib otgan ochiq suv havzasiga tashlab yuborilmoqda. Aslida bu umuman mumkin emas. Tozalangan chiqindi suvlari quvur orqali sugorish maydonlariga tashlanishi lozim. Bu maqsad uchun qurilgan1 kilometruzunlikdagi quvurlar chirib-yorilib qorqinchli holatga kelib qolgan. Suv tortish nasoslari umuman yoq bolib ketgan.

Biz bu yerda doimiy monitoring otkazib turamiz, deydi Chust tumani Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi Zayniddin Anorqulov. Inshootga sutkasiga taxminan 1000-1500 metrkub suv tushayotganini aniqlaganmiz. Bu belgilangan meyordan 44,5 barobar kop bolib, chiqindi suvlarini toliq biologik tozalash ishlari otkazilmayapti. Boz ustiga inshootda xlor zaxirasi yoq. Oqibatda ochiq suv havzasiga quyib yuborilayotgan chiqindilar taxminan 45 kilometr masofa hududdan oqib otib, Katta Fargona kanali va Sirdaryo suv havzalarini ifloslantirmoqda. Aholi ortasida yuqumli va parazitar kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bolyapti. Markazimiz laboratoriyasida tekshiruvlar otkazilganda suv tarkibidan yuqumli ichak kasallikligini keltirib chiqaruvchi mikroblar borligi aniqlangandi. Eng yomoni, Chust tumani sil kasalliklari dispanseri oqava suvi ham garchi xlorlanayotgan bolsa-da, shu kanalizatsiya tizimiga qoyilmoqda va oxir-oqibat u soy suviga quyib yuborilmoqda. Biz bu haqda tuman prokuraturasi va hokimligini, yuqori turuvchi tashkilotimizni muntazam xabardor qilib, qatiy nazoratga olish va amaliy ishlar korish boyicha xatlar kiritganmiz. Natija esa hamon yoq.

Ozi shu soy suvidan ichib kormagan hokim orinbosari, janob Ulugbek Hamroxojayev dastlab jurnalistlarga korsatgan hurmatidan keyin, masala mohiyatini tushunganday bolib, biror tayinli ish qilgan-qilmagani yoki taklifi haqida sozlab berdi:

Tumandan sutkasiga 1500-2000 kub metr chiqindi suvlari chiqayapti. Hammasi shu yerga kelib toplanadi. Viloyat Suvoqava tashkiloti mazkur obyektni oz tarkibiga olishi uchun xususiy korxonaning mavjud qarzdorligidan chiqarish zarur bolyapti. Ushbu muammoni hal qilish yuzasidan 5 milliard 746 million somlik taxminiy loyiha qilganmiz (loyiha Namangan viloyati Pop tumanidagi mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-manaviy muhitni organish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga komaklashish boyicha tashkil etilgan Respublika ishchi guruhining ogohlantirishidan keyin zudlik bilan bajarilgan tahririyat). Buncha qimmat loyihani oz imkoniyatimiz bilan qila olmaymiz. Vaholanki, sal teparoqda 1978-yilda qurilishi chala qolib ketgan bino turibdi. Yaponiyaning JICA tashkiloti vakillari bu binolarni kelib, korib ketishdi. Agar mablag ajratishsa, oqova suvlarning tozalash tizimini osha joyda qurganimiz maqsadga muvofiq. Unda kuniga 10 ming kub metr chiqindini tozalash imkoniyati paydo boladi.

Korinib turibdiki, mahalliy mamuriyat mablag yetishmasligini rokach qilmoqda va shu vaqtgacha amaliy ish mayli, hech yoq joyali bir taklif bildirgani haqida sozlab bera olmaydi. 5,7 milliard loyihani tayyorlab berish oson, ammo bu obyekt atrofida yashayotgan odamlarning ogirini yengil qilish uchun nima ish bajarishni poytaxtdan keladigan ishchi guruhi korsatib berishi kerakmi? Nahotki bu global muammoga sektor rahbarlari panja ortidan qarab kelmoqda?



Manba: Daryo.uz
: admin (29-03-2018, 11:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
:
-
:
20 ... -