» » Gugurt yoki kvartira: “Boriga Baraka” shousining o‘ziga xos barcha jihatlari haqida

Gugurt yoki kvartira: “Boriga Baraka” shousining o‘ziga xos barcha jihatlari haqida


10-fevral kuni ZO‘R TV telekanalida “Boriga Baraka” kapital shousi boshlandi, uning bosh homiysi Atlas savdo-ko‘ngilochar majmualari tarmog‘idir. “Boriga Baraka” — yurtimiz va xorijdagi har bir tomoshabinda katta qiziqish uyg‘otgan shouga aylandi.

“Boriga Baraka” tomoshabinlari har shanba kuni, do‘stlari bilan uchrashuvlar, ish va boshqa muhim yumushlarni bekor qilib, teleekranlar qarshisiga yeg‘ilishadi hamda tasodifiy raqamlar generatoriularning telefon raqamini tanlashini va ularga kelasi dasturda omadlarini sinab ko‘rish imkoniyati taqdim etilishini kutadilar. Shou ishtirokchilari orasida esa parvozlar, pastga qulashlar va afsus ko‘z yoshlari hamda quvonch yuz beradi.

Kimdir umid qilmagan bo‘lsa ham intiqib kutgan sovg‘ani yutib oldi, kimdir esa o‘z maqsadiga aniq va oxirigacha yurib bordi. Efirlardan birida ishtirokchi lampani yutib olgan bo‘lsa, so‘nggi ko‘rsatuvda esa andijonlik omadli inson Chevrolet Cobalt avtomobiliga ega bo‘ldi. Ishtirokchilarni shou sovg‘alari orasida boshqa yirik yutuqlar ham kutib turibdi: Yevropaga sayohat, maishiy texnika, kvartira, Atlas mebel tarmog‘ida mebel xarid qilish va shoppingga vaucherlar. Bundan tashqari, Atlas savdo-ko‘ngilochar majmualari tarmog‘i g‘oliblarga nafaqat homiy sifatida sovg‘a taqdim etadi, balki har bir g‘olib o‘z yutug‘ini qabul qilib olishini oxirigacha nazorat qiladi.

Biroq ba’zi hodisalar ham ro‘y berdi. Loyiha va homiyni har xil yo‘llar bilan qoralab va zarar yetkazishga uringanlar topildi. Noinsof fuqarolar qo‘ng‘iroq qilib, telekanal xodimi sifatida o‘zlarini tanishtirganlar hamda shouda ishtirok etish uchun pul so‘rashgan, ular loyihada qatnashish uchun tanlab olingani haqida aytishgan. Aldangan odamlar kanalga keldi va ishtirok etishni talab qildi.

Kun sayin tomoshabinlarning shouga qiziqishi faqat oshib boryapti. Odamlar murojaat yo‘llash yoki kuponlarni to‘ldirishga shoshilmoqda. Atlas savdo-ko‘ngilochar majmualarida kuponlarni to‘ldirayotgan ishtirokchilar navbati tobora oshib bormoqda. Ro‘y bergan voqeaga ishonmayotgan yoki shou haqiqat ekanini shubha ostiga olayotgan barcha tomoshabinlarni ZO‘R TV telekanali ko‘rsatuvni suratga olish jarayoniga taklif qiladi. 20 yoshdan katta O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan istalgan shaxs ro‘yxatdan o‘tishi va suratga olish vaqtida ro‘y berayotgan barcha jarayonni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi mumkin. Shou yaratuvchilarining so‘zlariga ko‘ra, “Boriga Baraka” faqat xalq uchun o‘tkazilmoqda. ZO‘R TV telekanali teletomoshabinlar talab va takliflarni qabul qilishga doim tayyor.

“Boriga Baraka” ko‘rsatuvi ZO‘R TV telekanalida har shanba kuni soat 20:00 da efirga uzatiladi.

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 15:13)
+1 (голосов: 1)
Комментарии (1)

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют