» » Pokistondagi ombor tomining qulashi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Pokistondagi ombor tomining qulashi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi


Pokiston janubidagi Roxri shahri joylashgan omborning tomi qulashi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda DawnNewsTV’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Halok bo‘lganlar orasida olti nafar ayol va ikki nafar bolakay ham bor. Shuningdek, yana 10 kishi jarohat olgan.

Ta’kidlanishicha, qishloq xo‘jaligi bozori hududida joylashgan omborda noxush hodisa vaqtida 80 ga yaqin ishchi bo‘lgan. Qutqaruvchilar hamon vayronalarni tozalash bilan shug‘ullanmoqda. Qurbonlar soni ortishi mumkin.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tom ombor ichidagi pechning portlashi oqibatida qulagan. Shu bilan birga, ombor tomida ichi yukka to‘la qoplar bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют