» » Nig‘matilla Yo‘ldoshev “O‘zbekenergo” va “O‘ztransgaz” faoliyatini tanqid ostiga oldi

Nig‘matilla Yo‘ldoshev “O‘zbekenergo” va “O‘ztransgaz” faoliyatini tanqid ostiga oldi


Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida ma’ruza qilgan Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev o‘z nutqida “O‘zbekenergo” va “O‘ztransgaz” kompaniyalarini zimmasidagi mas’uliyatni o‘z vaqtida bajarmayotganini aytib o‘tdi.  Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Shiddat bilan kechayotgan islohotlar samaradorligi ortishi, mummolar yechim topishiga hissa qo‘shish bizning ham muhim vazifamizdir. Shu bois Senat a’zolari e’tiborini sustkash ishlashga barham berish zarurligiga qaratmoqchiman.

Davlat dasturlarida belgilangan vazifalar ijrosi, xususan joylarda kichik sanoat zonalari barpo etishga oid topshiriqlar bajarilyaptimi? Afsuski, o‘rganishlarda bu boradagi qo‘pol kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani ma’lum bo‘ldi. Bunga ko‘proq banklar tomonidan vaqtida kredit mablag‘larining ajartilmayotgani, ‘O‘zbekenergo’, ‘O‘ztransgaz’ kabi tashkilotlarning zimmasidagi mas’uliyatni lozim darajada bajarmayotgani sabab bo‘lmoqda.

Ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning 30 foizi bajarilmagan. Boisi bunday dasturlar uchun ajratilishi zarur bo‘lgan kreditning 40—50 foizi berilgan, xolos.

Xalq hayoti, farovonligi bilan bog‘liq dasturlar ijrosi borasida senatorlar va deputatlarning loqaydligini ham oqlab bo‘lmaydi”, — dedi Nig‘matilla Yo‘ldoshev.

Senat raisi o‘z so‘zida shifokorlar, fan o‘qituvchilari yetishmayotgani, bu kabi muammolarga barham berish bilan bog‘liq mulohazalarini ham bayon etdi.

“Biz qachongacha muammolarni qayd etish bilan shug‘ullanamiz? Ularning yechimi yuzasida amaliy ishlar qilishimiz kerak.

Yangi maktablar qurish talab darajasida emas. Ta’lim sifatining yomonlashayotganiga, yosh avlodni kitob bilan ta’minlashdagi sustkashlikka baraham berilishi kerak”, — dedi Senat raisi.

Aholi qiynayotgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridagi ahvol ham e’tibordan chetda qolmadi. Ushbu maqsadda tashkil etilgan agentlik muammolarni uzil-kesil hal etish bo‘yicha samarali ish olib bormayotgani tanqid qilindi.

Joylarda aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashda hamon kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Bundan tadbirkorlik subyektlari ham aziyat chekmoqda. Aholini suyultirilgan tabiiy gaz bilan ta’minlashda oqsoqlik bor. 2017-yilda aholiga ajratilishi kerak bo‘lgan suyultirilgan gazning bor-yo‘g‘i 50 foizi yetkazib berilgan.

Joylardagi magistral yo‘llar va ichki yo‘llarning ahvoli ham talabga javob bermaydi.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish umumxalq harakatiga aylandi. Jinoyatchilik 2017-yilda 16 foizga, joriy yilning o‘tgan davrida 41 foizga kamaygan. Biroq, joylarda, masalan Samarqandda qotillik, Toshkent viloyatida o‘g‘rilik, Buxoro viloyatida bosqinchilik sezilarli darajada oshgan.

Fuqarolarning o‘z joniga qasd qilishining oldini olishga qaratilgan ishlar tufayli bunday holatlar kamaygan bo‘lsa-da, bunday holatlar Samarqand, Qoraqalpog‘istonda oshgan.

Giyohvandlar, ruhiy kasallarni majburiy davolash to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan. Odam savdosi, axloqqa qarshi jinoyatlar sodir etganlar orasida ayollar ko‘proq uchramoqda

Bunday holatlarga barham berish, xalqni oziq-ovqat bilan ta’minlash, ayniqsa g‘alla mo‘l bo‘lishiga erishish, aholining shaxsiy tomorqa yerlaridan oqilona foydalanishlarini ta’minlashga e’tibor kuchaytirilishi qayd etildi. Tomorqadan foydalanish bo‘yicha parlament nazorati yo‘lga qo‘yiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют