» » Toshkent shahridagi Inha universitetida Oracle Academy ochildi

Toshkent shahridagi Inha universitetida Oracle Academy ochildi


28-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Oracle Academy’ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda universitet saytida ma’lum qilindi.

Oracle Academy’ni IUT birinchi prorektori Cho Vu Sug va akademiyaning EMEA mintaqasi bo‘yicha rahbari Deni Guris ochdi.

Oracle Academy Oracle kompaniyasi tomonidan o‘qituvchilarning o‘qish va ishlashiga tayyorgarlik ko‘rish uchun maktablarda, kollejlarda va universitetlarda talabalar uchun axborot texnologiyalarini uzluksiz o‘rganish uchun barcha zarur resurslarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan ta’lim tashabbusi hisoblanadi.

Har yili Oracle Academy kurslarini 120 mamlakatdagi 3,5 million nafardan ortiq talabalar o‘rganadi. Oracle Academy dasturlari yoshlarga haqiqiy hayotga tayyorgarlik ko‘rish va zamonaviy global iqtisodiy sharoitlarda ishlashga yordam beradi.

Oracle kompaniyasi Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘z akademiyasini ochganidan xursandmiz. Oracle Academy kurslari yoshlarga karyeralarini qurishlari uchun o‘zlarining malaka va ko‘nikmalarini oshirishga yordam berishiga ishonchimiz komil.

Sarvar Babaxodjayev, IUT rektori

Oracle Academy Student Day tadbirida Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda Muhammad al-Xorazmiy nomli Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 150 nafardan ortiq talabalari ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют