» » Foto: Londondagi osmono‘par bino tomida 84 ta haykal qad rostladi

Foto: Londondagi osmono‘par bino tomida 84 ta haykal qad rostladi


26-mart kuni ITV televizion korporatsiyasiga tegishli London markazidagi bino tomonida 84 nafar erkakning haykali paydo bo‘ldi. Ular kundalik ust-boshlarga kiyingan va xuddi osmono‘par binodan sakrashga tayyordek o‘rnatilgan, deb xabar berdi TJournal.

Haykallar 45 yoshdan kichik bo‘lgan erkaklar tomonidan o‘zini-o‘zi o‘ldirish holatlarni oldini olishga bag‘ishlangan “Loyiha 84”ning bir qismi hisoblanadi.

Mazkur aksiyani amerikalik rassom Mark Jenkins va CALM xayriya jamg‘armasi o‘ylab topgan. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada har hafta 84 kishi o‘z joniga qasd qiladi — ularning to‘rtdan uch qismi erkaklardir. Jenkinsning ta’kidlashicha, odamlar muammodan qutilish uchun sarosimani yengib, erkaklarning ruhiy sog‘lig‘i haqida ochiq gapira boshlashi kerak.

ITV o‘z binosi tomini “Loyiha 84” yaratuvchilariga 1-aprelga qadar berib turishga qaror qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют