» » Respublika ishchi guruhi Uchko‘prikda ichimlik suvi muammosini hal etishda ko‘mak berdi

Respublika ishchi guruhi Uchko‘prikda ichimlik suvi muammosini hal etishda ko‘mak berdi


Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidagi Mehnatobod qishlog‘i aholisini qariyb 10 yildan buyon toza ichimlik suvi muammosi qiynab keladi. Bu haqda “Daryo”ga jurnalist Aziz Irmatov ma’lum qildi.

Hududdagi maktab, qishloq oilaviy poliklinikasi va boshqa ijtimoiy obyektlarga ichimlik suvi tarmog‘i tortilmagan, mavjud tarmoqlar esa foydalanishga yaroqsiz holatda edi. Bu muammo xalq bilan muloqot qilish, mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida ayni paytda mazkur tumanda faoliyat olib borayotgan Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolaridan iborat ishchi guruhining o‘rinli e’tiroziga sabab bo‘ldi. Yillar davomida yechimini kutib, aholini qiynab kelayotgan muammo tuman hokimligi tomonidan shu kunning o‘zida hal etildi.

— Maktab va qishloq oilaviy poliklinikasi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi, — deydi tuman “Suvoqova” davlat unitar korxonasi rahbari Oybek Shukurov. — Shuningdek, 2 kilometr masofaga polietilen quvurlar yotqizish va ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari boshlab yuborildi. Ta’mirlash-montaj ishlari yakunlangach, 307 xonadonda istiqomat qiladigan 1,5 mingdan ortiq fuqaroning ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi.

Shuningdek, ishchi guruh tashabbusi bilan qishloq aholisi tuman tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Salomatligida muammosi bor fuqarolarga ambulator va statsionar davolanish uchun bepul yo‘llanmalar berildi.

Deputat va senatorlar Uchko‘prik tumani hududlarini o‘rganib, joylarda fuqarolar bilan uchrashuvlarni davom ettirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют