» » O‘zbekistonda Qur’oni Karim kelgusida ham shu narx va sifatda sotilishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda Qur’oni Karim kelgusida ham shu narx va sifatda sotilishi ma’lum qilindi


O‘zbekistonda Qur’on tilovati musobaqasi davom etayotgan kunlarda mamlakat tarixida ilk bor Mushafi sharif chop etildi va sotuvga chiqdi. Bu haqda “Muslimaat.uz” xabar bermoqda.

Shu o‘rinda bu muborak harakatni 5-6 yil avval shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari boshlab berganlarini aytib o‘tmoq kerak. Xolis niyat bilan boshlangan ish alal-oqibat o‘z samarasini berdi. Afsuski, hazratning o‘zlari orzulari amalga oshganini ko‘ra olmadilar. Ammo mazkur xayrli ishlarni u kishining vorislari, xususan, Ismoil Muhammad Yusuf va bir qancha shogirdlari davom ettirmoqda.

Yangi Qur’oni Karim kitobini “Hilol-nashr” nashriyoti “Dorus-salom” nashriyotining rasmiy ruxsati va asliy nusxasi asosida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda chop etishga musharraf bo‘ldi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Mushafni uzluksiz nashr etish uchun ruxsat berishni va’da qilgani ham alohida e’tiborga molik. Demak, Qur’oni Karimni kelgusida xuddi shu narx va shu sifatda xarid qilishimiz mumkin.

Nashriyot direktori Abdulvahid Sattiyevning ta’kidlashicha, har ikki yarim oyda Mushafi sharif 10 ming nusxadan chop etilaveradi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Mushafni 50 mingta nusxada chop etishga ruxsat bergan. Lekin hozircha 10 ming nusxa chop etildi va ilk sotuvga chiqqan kuni — 28-martning o‘zidayoq sotib bo‘lindi. “Hilol-nashr” nashriyotining 7 ta do‘koni, shuningdek, viloyatlardagi hamkor kitob do‘konlariga o‘z narxida sotish sharti bilan Qur’oni Karim kitoblari tarqatilgan.

Mushaflar barcha do‘konlarda bir xil narxda — 31.000 so‘mdan sotildi. Uni xarid qilish uchun yuzaga kelgan uzun navbat ilgari hech kuzatilmagandi. Nashriyotning bosh do‘koniga 3000 dan oshiq odam Mushaf sotib olaman, deb erta tongdan kelgan va bu uzun navbatni ko‘rib hech kim ketib qolmagan.

Mushaf, shuningdek, internet va pochta orqali ham sotildi. Bunda manzilga yetkazib berish xizmati bilan nashr narxi 41.000 so‘mni tashkil etdi. Bir manzildan kelgan ikki so‘rovning biri rad qilingan. Sababi ism-sharif har xil bo‘lsa-da, turar-joy bir manzilni ko‘rsatgan.

U kishining e’tirof etishicha, bunday kitob oldi-sotdisi hali nashriyot tarixida kuzatilmagan. “Kitob do‘konida 10 nafar xodim ertalabdan to asrgacha tinim bilmadik”, deydi nashriyot direktori.

Kitobni xarid qilganlardan biri Mahfuzaxon Shamsiddinova shunday deydi: “Ertalab soat 8.00 da do‘konga keldim va navbatga 398-o‘rinda yozildim. Kitobni olib ketayotganimda ortimda hali minglab odamlar bor edi”.

Abdulvahid Sattiyevning aytishicha, kelajakda Qur’oni Karim kitobini bosish uchun alohida bosmaxona majmuasi quriladi va maxsus uskunalar bilan ta’minlanadi. Unda har xil bichimdagi va turli rangdagi katta-kichik Mushafi sharif kitoblari nashr etilishi maqsad qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют