» » Rossiya AQShning 60 nafar diplomatini chiqarib yuboradi va Peterburgdagi bosh konsullikni yopadi

Rossiya AQShning 60 nafar diplomatini chiqarib yuboradi va Peterburgdagi bosh konsullikni yopadi


Rossiya AQShning “Skripal ishi” bo‘yicha harakatlariga javoban Qo‘shma Shtatlar Sankt-Peterburgda bosh konsullik ochishiga rozilikni qaytarib oladi va 60 nafar amerikalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Vazir Rossiya diplomatlarini chiqarib yuborgan boshqa davlatlarga nisbatan ham shunday choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Rossiya TIV AQSh diplomatlari badarg‘a qilinishini tasdiqladi. Ulardan 58 nafari Moskvadagi vakolatxona va ikki nafari Yekateringburgdagi konsullik xodimidir.

Diplomatlar 5-aprelgacha Rossiyani tark etishi lozim. Sankt-Peterburgdagi bosh konsullik binosi esa 1-aprelgacha bo‘shatib qo‘yilishi talab qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют