» » Sankt-Peterburgda Buyuk Britaniyaning konsulligi yopiladi

Sankt-Peterburgda Buyuk Britaniyaning konsulligi yopiladi


Sankt-Peterburgda Buyuk Britaniyaning bosh konsulligi o‘z ishini to‘xtatadi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi saytida ma’lum qilindi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

“Ikki mamlakatning konsullik muassasalari o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilikni hisobga olib, Rossiyaning Sankt-Peterburgda Buyuk Britaniya bosh konsulxonasini ochish borasidagi roziligi qaytarib olindi”, — deyiladi xabarda.

Vazirlikdagilarning ta’kidlashicha, “Britaniya tomoniga muassasaning ishini to‘xtatishi uchun keraklicha vaqt ajratiladi”.

Oldinroq 23 nafar rossiyalik diplomat Buyuk Britaniyadan chiqarib yuborilishi xabar qilingan edi. Rossiyalik sobiq harbiy Sergey Skripalning zaharlanishi bilan bog‘liq ish tafsilotlarining oshkor bo‘lishi Britaniya hukumati rahbarining bunday qaroriga turtki bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют