» » Firibgarlar Telegram’ning ishlamay qolganida foydalanib, 59 ming dollarni qo‘lga kiritdi

Firibgarlar Telegram’ning ishlamay qolganida foydalanib, 59 ming dollarni qo‘lga kiritdi


Noma’lum shaxslar Pavel Durov nomidan Telegram messenjerining ishida yuzaga kelgan uzilish sabab Twitter’da kriptovalyuta yutib olish mumkin bo‘lgan “kechirim” aksiyasini o‘tkazdi. Firibgarlar bu orqali salkam 59 ming dollarni qo‘lga kiritgan, deb xabar berdi “VC.ru”.

Aksiya borasidagi xabarlar Telegram asoschisining Twitter’dagi profiliga o‘xshash soxta akkauntlardan tarqatilgan. Xabarlarning xuddi shu qismida foydalanuvchilarga ishtirok uchun minnatdorchilik ham bildirilgan.

Firibgarlar taqdim etgan havola 26-mart kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan saytga eltadi. Foydalanuvchilarga ko‘rsatilgan manzildagi shifrlangan QR-kodga 0,5 dan 5 gacha efir jo‘natish va bu orqali 5 dan 100 gacha efir yutib olish taklif etiladi.

Saytda umumiy miqdorda beshta “hamyon” ko‘rsatilgan. U yerda 59 ming dollar (taxminan 148 ta efir) saqlanmoqda.

Twitter hozircha firibgarlarning soxta akkauntini bloklamagan.

Eslatib o‘tamiz, 29-mart kuni Telegram messenjeri uch soat davomida Yevropa, Yaqin Sharq va MDH davlatlarida, xususan, O‘zbekistonda ham ishlamay qoldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют