» » Frederik Starr: Ozbekiston global miqyosdagi islohotlar markaziga aylangani bejiz emas

Frederik Starr: Ozbekiston global miqyosdagi islohotlar markaziga aylangani bejiz emas


Sputnik nashri muxbiri Mavlon Shukurzoda amerikalik taniqli siyosatshunos, professor Frederik Starr bilan intervyu uyushtirdi.

Professor mazkur intervyuda Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Afgoniston boyicha Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzu?ida otkazilgan yuqori darajadagi xalqaro konferensiya xususida fikr bildirdi.

Toshkentda otkazilgan Afgoniston boyicha xalqaro konferensiya qay darajada muhim?

Ushbu anjuman Markaziy Osiyo tarafidan tashkil etilgani bilan ota muhim ahamiyatga ega. Sizlar bu orqali mintaqaviy muammolarni jahonning yirik mamlakatlariga koz tikmasdan, ozingiz mustaqil hal qila olishingizni korsatdingiz.

Mintaqadagi ichki va tashqi muammolarni sizlardan boshqa kim ham yaxshiroq bilardi?!

Mazkur muhim tadbir tashabbuskori Ozbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ekanligini alohida takidlashni istardim. Ozbekiston prezidenti qisqa muddat ichida nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun dunyoda ulkan obro qozondi. Bugungi kunda global miqyosdagi islohotlar markazi aynan Ozbekiston ekanligi bejiz emas va mamlakat oldida yaxshi istiqbol ochilmoqda.

Ushbu konferensiya toliblar muammosini qandaydir tarzda hal qilishga va Afgonistondagi beqarorlikni pasaytirishga yordam beradimi?

Toshkent konferensiyasi ulkan ahamiyat kasb etadi va Afgoniston muammosini hal qilishda munosib hissa boladi. U Markaziy Osiyoni iqtisodiyot va xavfsizlik borasidagi umumiy muammolarni yechishga tolaligicha va bevosita jalb etadi. Ozbekiston Afgoniston taraqqiyotida katta rol oynashi mumkin. Shunisi quvonarliki, Toshkent konferensiyasining yakuniy hujjatida Afgoniston va Markaziy Osiyoning yakdil nuqtai nazari aks etdi. Bundan barcha tomonlar yutadi.

Toliblar Afgonistonning ichki muzokaralar jarayoniga nisbatan qanday nuqtai nazarda?

Tolibon ozining yetakchilik muammolari bilan toqnash kelmoqda. Ular bugungi kunda ichidan yemirilgan va bir-birlari bilan raqobatlashmoqda. Bunga qaramasdan, ularning muzokaralar jarayoniga qoshilishi Markaziy Osiyo davlatlari ularga nafaqat eshiklarni ochayotgani, balki afgon ziddiyatini butkul bartaraf qilish uchun jiddiy imkoniyatlar yaratilayotganini qay darajada aniq tushuntirishlariga bogliq.

Toshkent konferensiyasi mintaqa tevaragidagi xalqaro keskinlikni pasaytirishi mumkin bolgan Rossiya, Eron, Saudiya Arabistoni hamda Eronning Afgoniston boyicha yondashuv va nuqtai nazarlarini yaqinlashtira oladimi?

Bu davlatlarning barchasi afgon masalasida oz ulushlariga ega bolish va Afgonistondagi mavjud kvo-maqomlarini saqlab qolgan holda mintaqadagi oz tasirlarini kuchaytirishga urinmoqda. Boshqa tomondan, Pokiston, Rossiya va Eron afgon muammosini hal qilishda Saudiya Arabistoni yanada konstruktiv rol oynashiga umid qilmoqda. Afsuski, mintaqadagi va Fors korfazidagi ayrim fondlar ozlarining salbiy, lekin kop jihatdan sezilmaydigan faoliyatlarini davom ettirmoqda.

Afgonistondagi turli transport yonalishlarining ozaro toldirilishi ehtimollari haqida nima deya olasiz? Bu yolaklarga oid loyihalarni toliq amalga oshirish borasida qanday tosiq va istiqbollar mavjud?

Janubga darcha ochilishi butun Markaziy Osiyo, birinchi navbatda Afgonistonning ozi uchun ota muhim voqelik boladi. Ayni paytda asosiy etibor Chabahar portiga qaratilmoqda. Fikrimcha, nafaqat bu transport yonalishini amalga oshirish, balki barcha ishtirokchilar uchun ulkan imkoniyatlar taqdim etuvchi Gvadar portiga Markaziy Osiyodan yol ochish kerak. Markaziy Osiyo uchun har ikki loyiha Chabahar va Gvadar yetkazib beruvchilarga tanlov imkoniyati berish, portlar orasidagi raqobat va narxlarni pasaytirish uchun juda muhim. Ishonamanki, kelgusida albatta shunday boladi ham.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-03-2018, 14:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -