» » AQShda O‘zbekiston Prezidentining islohotlari va tashabbuslari haqida kitob nashr etiladi

AQShda O‘zbekiston Prezidentining islohotlari va tashabbuslari haqida kitob nashr etiladi


Bu haqda Vashingtondagi Jon Xopkins nomidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti rahbari Frederik Starr UzReport uchun bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

— Shavkat Mirziyoyev amalga oshirayotgan o‘zgarishlar, islohotlar, yangi tashabbuslar nafaqat mintaqa, balki dunyo sahnasida muhim va katta qiziqish uyg‘otmoqda, — deydi Frederik Starr. — Eng jur’atli, mardonavor, ijobiy islohotlar, hech kutilmaganda, O‘zbekistonda sodir bo‘lyapti. Endilikda bu haqida kitob yozmoqdamiz. Uch oydan keyin nashr etiladi. Bu nafaqat xorijlik o‘quvchilar, balki sizlar uchun ham juda qiziq bo‘ladi. Nega bunday qilyapmiz? Birinchidan, yangi Prezidentning qadamlari bunday bo‘lgandi deb ko‘rsatish. Ikkinchidan, savol tug‘iladi: “Mazkur islohotlar kelajakda qanday imkoniyatlar beradi?”

Frederik Starr suhbatda Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bugun dunyo maydonidagi eng asosiy qadamlardan biridir. Bu Janub tomon yuzlanish. Oddiygina suv masalasini olib ko‘raylik. Suv sizlar va barcha uchun favqulodda muhim. Demak, Afg‘oniston suv bo‘yicha barcha muhokamalarda ishtirok etishi muqarrar. Shunday bo‘ladi ham. Transport jabhasi. Sizning yangi temir yo‘lingiz Afg‘oniston hukumati uchun juda muhim. Gap shundaki, O‘zbekiston Afg‘oniston iqtisodiy taraqqiyotida eng asosiy rol o‘ynash imkoniyatiga ega. Bunday imkoniyat allaqachon yaratilgan.

Eng asosiysi, Markaziy Osiyoning o‘zi bu konferensiyani yig‘di. Binobarin, bu sizning Prezidentingiz tashabbusi bilan sodir bo‘layotgani favqulodda ahamiyatlidir. Bu butun dunyoga ‘Biz mintaqaviy muammolarni o‘zimiz hal eta olamiz’ degan qarashni namoyon etishdir”, dedi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti rahbari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют