» » Toshkent forumi: Afg‘oniston kelajagiga yangi umid

Toshkent forumi: Afg‘oniston kelajagiga yangi umid


Bryusselda joylashgan “Janubiy Osiyo demokratik forumi” tahliliy markazi saytiga markaz asoschisi va ijrochi direktori Paulo Kasakaning Toshkentda bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaga bag‘ishlangan “Toshkent forumi: Afg‘oniston kelajagiga yangi umid” sarlavhali maqolasi joylashtirildi, deb yozadi  “Jahon” axborot agentligi.

Materialda e’tibor faqat mintaqaga qaratilganligi tadbirning muhim elementi ekanligi ta’kidlanadi. Forum Markaziy Osiyoning beshta mamlakati va Afg‘oniston o‘rtasidagi hamkorlikning yangi formatini taklif qiladi.

Ekspertning qayd etishicha, konferensiya ikki fundamental xalqaro konsepsiyaga amal qiladi. Birinchidan, bu xavfsizlikning bo‘linmasligi prinsipidir. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, bu tamoyil tahdidlarni “o‘zimizniki va birovniki”ga ajratish tushunchasidan voz kechishni ko‘zda tutadi.

Ikkinchidan, mintaqaviy barqarorlik, oxir-oqibatda, Afg‘onistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan yanada kengroq savdo, infratuzilma va iqtisodiy tizimga muvaffaqiyatli integratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.

Maqsad Afg‘onistonda tinchlik va xavfsizlikni o‘rnatishning asosiy masalalari bo‘yicha xalqaro konsensusga erishishdan iborat.

Paulo Kasaka O‘zbekiston afg‘on mojarosini hal etish jarayoniga yangi kuchli turtki bergan eng yaxshi pozitsiyaga ega mamlakat ekanligini ta’kidlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют