» » Toshkent konferensiyasida ilk bor “Markaziy Osiyo+Afg‘oniston” formatiga asos solinadi

Toshkent konferensiyasida ilk bor “Markaziy Osiyo+Afg‘oniston” formatiga asos solinadi


Bu fikrni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo‘rayev Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi matbuot markazida bo‘lib o‘tgan sessiya yig‘ilishida bildirdi, deya xabar beradi O‘zA.

— Nufuzli Toshkent xalqaro konferensiyasi qo‘shni Afg‘onistonni jahon hamjamiyati va Markaziy Osiyoda yuz berayotgan faol jarayonlarga keng jalb qilishi kutilmoqda. Shu maqsadda anjuman arafasida mintaqaviy hamkorlikning yangi shakli sifatida “Markaziy Osiyo + Afg‘oniston” (C5+1) birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Mazkur format Afg‘onistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va infratuzilma aloqalari tizimining muvaffaqiyatli integratsiyasi, mintaqaviy miqyosdagi aniq loyiha va dasturlarning samarali amalga oshirilishiga xizmat qiladi, — dedi u.

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘oniston bo‘yicha nufuzli konferensiya yakunida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi. Unda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va barqaror rivojlanishi uchun sharoit yaratish, afg‘on xalqining mintaqa hamda butun dunyodagi ijobiy jarayonlarga jalb qilinishini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar aks etishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют