» » Oliy Majlis deputati: Ozbekiston va Afgoniston ortasida turli sohalarga oid 47 hujjat amal qilmoqda

Oliy Majlis deputati: Ozbekiston va Afgoniston ortasida turli sohalarga oid 47 hujjat amal qilmoqda


25-mart kuni Afgoniston boyicha Toshkent konferensiyasi matbuot markazida tashkil etilgan anjumanda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmaljon Umirzoqov Ozbekiston Afgoniston munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy asoslari haqida toxtalib otdi. Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Mamlakatlarimiz ortasida diplomatik munosabatlar ornatilgan 1992-yildan buyon turli sohalarga oid 47 hujjat imzolangan. Shundan uchtasi davlatlararo, 14 tasi hukumatlararo hujjatdir. Muntazam tashkil etib kelinayotgan turli darajadagi uchrashuvlar chogida 20 ga yaqin shartnoma va boshqa hujjatlar qabul qilingan.

Ozbekiston har doim qoshni Afgonistonda tinchlik ornatish tarafdori bolib kelgan. Imzolangan hujjatlardan 17 tasi siyosiy va xavfsizlik masalalariga taalluqli ekani ham buni tasdiqlaydi. 15 hujjat transport-logistika imkoniyatlarini kengaytirish, 12 shartnoma savdo-iqtisodiy hamkorlikni ragbatlantirish maqsadlarini kozda tutadi. Bundan tashqari, idoralararo tusdagi 8 hujjat amal qilib kelmoqda. Ular mamlakatlarimizning faol aloqalarini taminlashga qaratilgan.

Ozbekiston bilan Afgoniston ortasidagi munosabatlarda ijtimoiy, madaniy-gumanitar sohalar ustuvor ahamiyat kasb etadi. Otgan yili Ozbekiston Sogliqni saqlash vazirligi va Afgonistonning Jamoat sogligini saqlash vazirligi ortasida ozaro anglashuv memorandumi imzolangani, Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi hamda Afgoniston Oliy talim vazirligi ortasida tuzilgan kelishuvlar talim, madaniy-gumanitar hamkorlikning huquqiy asosini tashkil qilmoqda.

Mamlakatlarimiz ozaro munosabatlarini har tomonlama taraqqiy ettirishda va erishilgan kelishuvlarni oz vaqtida, izchil amalga oshirishda 2017 yil boshida hamkorlikni rivojlantirish boyicha tuzilgan Yol xaritasi muhim orin tutmoqda.

Akmaljon Umirzoqov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati



Manba: Daryo.uz
: admin (25-03-2018, 19:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -