» » Bobomurod Abdullayev: Men tuya emasligimni isbotlashga majbur bolyapman

Bobomurod Abdullayev: Men tuya emasligimni isbotlashga majbur bolyapman


2829-mart kunlari Jinoyat ishlari boyicha Toshkent shahar sudida jurnalist Bobomurod Abdulla va bloger Hayotxon Nasriddinovga, shuningdek, tadbirkorlar Shavkat Ollayorov va Ravshan Salayevlarga nisbatan navbatdagi sud majlisi bolib otdi. Ular hokimiyatni qolga kiritish va Ozbekiston konstitutsiyaviy tuzumini agdarishga urinishda ayblanmoqda. Sud ishi boyicha Gazeta.uz nashri tomonidan tayyorlangan navbatdagi maqolani Daryo muxbiri Fozilbek Yusupov tarjima qildi.

Jurnalist Bobomurod Abdullayev bunga qadar 15 va 26-mart kunlari ham korsatma bergandi. Payshanba kuni korsatma berish muddati yakunlandi. Shuningdek, Shavkat Ollayorov va Ravshan Salayevlar ham sozga chiqdi, biroq ular oz korsatmalarini OAVda chop etilishiga qarshi ekanliklarini bildirgan.

Navbatdagi sud majlisida Bobomurod Abdullayevning malum qilishicha, u 2004-yildan 2011-yilga qadar maqola yozmagan, biroq, shunga qaramay, turli nashrlarda, jumladan, Centrasia.ru saytida Usmon Haqnazarov taxallusi ostida maqolalar chiqishni davom etgan. Shunday bolsa-da, u maxsus xizmatlar etiborini oziga jalbqilmaslik va anonimligini saqlab qolish maqsadida hatto Usmon Haqnazarov nomidan bunga javoban raddiyalar yozmagan.

Sudlanuvchi kursdoshidan Andijon voqealari, Ozbekistonni yakson qilayotgan Karimov rejasi va Ozbekistondagi sionizm maqolalarini ozbek tiliga tarjima qilishni soraganini va buning uchun unga Muhammad Solihdan olgan pullaridan 100 dollarini berganini inkor etdi.

Uning sozlariga kora, 16 yoki 18-oktabr kuni DXX tergov boshqarmasi xodimlaridan biri bolgan Temur Yoqubov uni oltinchi tushuntirish xatini yozishga majbur qilgan va unga nima yozish kerakligini aytib turgan. Natijada Abdullayev yuqoridagi narsalarni yumshoq xona, uyqusiz kechalar va kompyuter kabelidan kaltak yegach yozib bergan.

Nodir Toraqulov dubinka bilan kirib keldi (MXX tergov bolimining sobiq xodimi) va haligacha nega sinmaganimligimni soradi. U Ollayorovning yelkasida shunaqa dubinkadan birini sindirdim, endi bunisi seni boshingda sinadi, dedi. U meni urmadi, biroq tahdid qildi, dedi sudlanuvchi.

Ayblanuvchining kursdoshi Ozod Ovoz sayti uchun fuqarolarning soz erkinligi borasidagi huquqlari buzilayotgani haqidagi xabarlarni ozbekchadan ruschaga ogirgan, biroq yuqorida nomi keltirilgan maqolalarni emas.

Ayblanuvchining kursdoshidan ham korsatma olingan. Undan qanday qilib olishganini bilmayman. Menimcha, u qorqib ketgan bolsa kerak. 25-sentabrdagi tushuntirish xatini kordim, unda 12 yil davomida vijdonim qiynaldi va chiday olmay barchasini boynimga olgani keldim, deyilgan edi. Nega uning vijdoni qiynalganini bilaman, unga mening tushuntirish xatimni korsatishgan, dedi Abdullayev.

Shuningdek, sudlanuvchi ozidan korsatma olgan Temur Yoqubovdan 26-sentabr kuni Abdullayev MXX tergov izolyatorida bolganini va ushbu korsatmalarni ozi berganini isbotlashini soradi. Tashrif buyuruvchilar qayd daftarini, videoyozuvlarni korsatsin, dedi u.

Sudlanuvchi oziga nisbatan Jinoyat-protsessual kodeksining bir qator moddalari buzilganini sanab otdi odam ogirlash, rasmiy chaqiruvning yoqligi, eski sana bilan hujjatlarni rasmiylashtirish, qiynoqlar.

Men ozining tuya emasligini isbotlashga urinayotgan odam holatidaman. Meni tuya ekanligimda ayblashmoqda. Odamning aslida nima bolganini aytayotgan sozlariga quloq tutmay, uni qozgozlar asosida sud qilishmoqda, qogozlar asosida jazo muddati belgilashmoqda. Ular meni 27-sentabr kuni ogirlab ketishdi, sanksiyani esa beshinchi kuni olishdi, qonun boyicha esa uchinchi kuni berilishi kerak. Men ozimning tuya emasligimni isbotlayman. Togri, qogozlarda men tuyaman, chunki meni urishdi, deya malum qiladi Abdullayev.

Jurnalist yetkazilgan tan jarohatlari uchun sud-tibbiyot ekspertlari tayinlanganiga minnatdorlik bildirdi, biroq eskpertlar uni diqqat bilan tekshirishmaganini takidladi. Men jurnalist sifatida ekspertiza qanday otkazilishini bilaman. Ular jarohat yetkazilgan joydan tahlil uchun qatlam olishi va mikrobiologik tahlilni otkazishi kerak edi. U yerdagi hujayralar soatlar boyicha korsatib beradi, biroq ular faqatgina rasmga oldi. Men oshandayoq barchasini tushungan va bu ekspertizadan yaxshi narsa kutmagan edim, dedi u.

Abdullayevning aytishicha, sobiq tergovchi Nodir Toraqulov uning onasi va ayolidan Galima Buxarbayeva (jurnalist) va Motabar Tojiboyeva (jurnalist, huquq himoyachisi, har ikkisi chet elda yashaydi)ga Muhammad Solih uni maqola yozishga majburlagani haqida intervyu berishga undab kelgan.

11-yanvar kuni boshqa bir tergovchi Aleksandr Veselov intervyu borasidagi talab bajarilmagani uchun unga kamida 20 yilga qamatib yuborishini aytib, tahdid qilgan.

Abdullayevni yana bir tushuntirish xatida Solihning rafiqasini Haqiqiy tibbiyot nomli kitobini qashqadaryolik jurnalist Muhabbat Eliboyevaga topshirishni, u esa ushbu kitobni Ozbekiston Prezidentiga berishi lozim bolganligi borasida yozishga majbur qilishgan.

Shuningdek, sudlanuvchining sozlariga kora, u ozining kompyuteri va magnit tashuvchilari (u yerdan Ozbekiston hukumatini kuch bilan qolga kirish borasidagi Orim loyihasi qayta tiklangan) kabi shaxsiy buyumlarining ekspertizasida qatnashmagan. Shu bilan birga ayrim hujjatlarning Abdullayev tomonidan imzolanishi vaqtida davlat advokati Shahzod Sharipov ishtirok etmagan yoki ayrim tushuntirish xatlarini eski sana bilan yozishni soragan.

Abdullayev bosim ostida advokat Munojot Parpiyevaning, undan keyin Sergey Mayorovning xizmatlaridan voz kechishga majbur bolgan.

Tergov tugagach, unga yana himoya uchun Sergey Mayorov va Munojot Parpiyevni jalb etishga ruxsat berishgan. Xohlasangiz, BMTni yollang, deyishgan unga.

Abdullayev Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi bilan (Hokimiyatni bosib olish yoki Ozbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini agdarib tashlash maqsadida fitna uyushtirish) oziga nisbatan qoyilayotgan ayblovni tan olmadi. Abdullayevning hisoblashicha, uni tuhmat va haqoratda ayblashlari kerak.

Shuningdek, Abdullayev mazkur ish boyicha sudlanayotgan boshqalarning aybi yoqligini va bu borada vijdoni qiynalayotganini malum qildi.

Sudlanuvchi Hayotxon Nasriddinov bilan til biriktirmaganini va u bilan zorga bir yarim soat muloqot qilganini takidladi. Undan Nasriddinovni bloklangan saytlarni aylanib otishga, bir necha kun oldin tanishgan Solihning tarafdori Kenja Musayevni esa taqiblardan qochib, mobil telefondan xavfsiz foydalanishga orgatish soralgan.

Shundan keyin Abdullayev Nasriddinovni oktabr ortasida korgan bolsa, Musayevga esa pul bergan. Kenja Musayevning MXX tergov izolyatorida bergan korsatmasida keltirilishicha, men uni konstitutsiyaviy tuzumni agdarishga undagan ekanman. Aytgancha, u oramizda yoq. Avvaliga unga nisbatan jinoyat ishi qozgatildi, biroq keyin qoyib yuborildi. Negaligini bilaman u bu yerga guvoh sifatida keladi va menga qarshi korsatma beradi, dedi sudlanuvchi.

Bobomurod Abdullayev Orim loyihasi haqida gapirar ekan, ekspertiza natijalariga kora uning muallifi kim ekanligi aniqlanmagan.

Sudlanuvchining takidlashicha, MXX tergovchilari undan zorlik bilan Galima Buxarbayeva ( C-1 sayti), Markus Bensman, Sirojiddin Tolipov, Shuhrat Bobojonov (Ozodlik), Pahlavon Turgunov (BBC), Nigora Hidoyatova (Ozod dehqonlar partiyasi), Nadejda Atayeva (Markaziy Osiyodagi inson huquqlarini himoya qilish assotsiatsiyasi) va Gofur Rahimovga (Xalqaro boks assotsiatsiyasi prezidenti vazifasini bajaruvchi) qarshi korsatma berishga majburlagan, xuddiki Muhammad Solih yuqorida ismi keltirilgan shaxslardan malumot olib turgan.

Abdullayevning tergovchilarni sozlariga tayanib aytishicha, yuqorida ismi keltirilganlarga nisbatan jinoyat ishi ochilgan bolib, ular Ozbekistonga qaytishi bilan chegaradayoq qolga olinadi. Ishonmasliklaringizni sorayman. Sizga nisbatan mening yolgon korsatmalarim asosida yangi jinoyat ishi ochilgan. Meni ozim tanimagan odamlarning ismini aytishim uchun 5-noyabrda qadar, 38 kun kaltaklashdi, dedi sudlanuvchi.

2003-yilda Abdullayevni Oslodagi anjumanga taklif etishgan. U yerda Abdullayev Solih bilan tanishib qolib, undan intervyu olgan. U Solih bilan 2008 yoki 2009-yildan boshlab muloqot qila boshlangan. Solih rafiqasining Haqiqiy tibbiyot nomli 700 varaqli kitobini tarjima qilish uchun tarjimon qidirgan. Abdullayev uni 5000 dollar evaziga tarjima qilishga kelishib olgan va ishni bir yil ichida bajargan.

2011-yilda Solih kitob tarjimoni bilan tanishish uchun Abdullayevni ozining Turkiyadagi uyiga taklif qilgan. Abdullayev u yerda 1015 kun bolgan. Shundan keyin ular ortasida Ozbekiston xalq harakati saytiga Usmon Haqnazarov taxallusi ostida maqolalar joylashtirish boyicha hamkorlik boshlangan.

Abdullayev oziga taqdim etilgan ayrim malumotlar asosida maqolalar yozishni istamaganidan song ular ortasidagi munosabat darz ketgan. Shunda maqolalarni boshqa mualliflar yozgan, biroq materiallar Usmon Haqnazarov taxallusi ostida chop etilavergan. Masalan, Sarimoy fojiasi haqida haqiqat, Tinchliksevarlarga Suriya darslari va javoblari, Islom Karimov umrbod hukumat tepasida qolishga qaror qildi, Islom Karimovning tabiiy olimini qanday qilib tashkillashtirishdi, Imzolovchilar haqida maqolalari shular jumlasidan.

Men taxallusimni deyarli qizgonmasdim, deydi ayblanuvchi. Abdullayevning aytishicha, Jinoyat ishida korsatilgan 142 ta maqoladan uzogi bilan 100 tasini Usmon Haqnazarov taxallusi ostida ozi yozgan.

Abdullayev Solihdan pul olganini, biroq bu pullar avtomobilini tamirlash uchun qarzga olinganini tan oldi.

Abdullayevning malum qilishicha, tergovchi Veselov agarda sudda qiynoqlar haqida gapiradigan bolsa, maksimal jazo muddatini kamida 10 yil olishi haqida ogohlantirgan. Kamroq muddatga qamalishi uchun Abdullayev ozining qiynoqqa solinmaganini, ayblarini tan olganini va bunga uni Solih majburlaganini aytishi kerak bolgan.

Abdullaev aybsizlik prezumpsiyasi prinsiplariga rioya etilmaganini tanqid qildi. MXX bizning mahallamizga xat yubordi (tort nafar sudlanuvchining mahallasiga): yigilish otkazib, xatti-harakatlarni muhokama qilishdi. Qoshkopir tumani hokimiyatida ham otkazishdi. Bizning aybimiz hali isbotlanmadi, sud hali bolgani yoq-ku, ularning nima haqqi bor bizni mahallada muhokama qilishga? Bu mahalla fuqarolar yiginmi yoki mahalla davlat xavfsizligi yigini? Menga bu Jinoyat-protsessual kodeksida mavjudligini aytishdi, deya qoshimcha qiladi u.

Abdullayevning takidlashicha, MXX tergov izolyatorida unga nisbatan DIP rezolyutsiyasi (ruscha , , eltmoq, kaltaklamoq, qamamoqning qisqartmasi) qollanilgan. Bundan tashqari u tergovchilardan boshqa terminlarni ham organgan: DIIIP (ruscha , , Eltmoq, qattiq kaltaklamoq, qamamoqning qisqartmasi) vaDIIIPL (L harfi ruscha yoq qilmoqdaning qisqarmasi).

Advokat Sergey Mayorov: Siz va boshqalar Usmon Haqnazarov taxallusi ostida maqola yozish orqali nimani maqsad qilgansiz?

Bobomurod Abdullayev: Jinoyat ishida men yozmagan ayrim maqolalar nomi keltirilgan. Men oz maqolalarimni millatimizni va xalqaro hamjamiyatni yuqorida ozbek xalqiga qarshi bolayotgan jinoyatlardan ogoh etish uchun yozganman. Men axborotni vaqtinchalik foydalanish uchun ishonib topshirilgan boylik deya hisoblayman. Men uni qayta ishlab, xalqqa taqdim etaman. Mening maqsadim jamoatchilikni ogohlantirish.

SM: Nega siz oz maqolalaringizni rasmiy OAVda emas, balki internet nashlarida chop etgansiz?

BA: Rasmiy nashriyotlar chop etmasdi. Men faqat erkin bolgan nashrlarda chiqarardim. Chop etishga imkoniyat berishgan joydagina chop etardim.

SM: Oz maqolalaringizda Ozbekistonning ijobiy taraflari keltirilgan faktlarni sanab bering. Shu kabi maqolalarizdan misol keltiring.

BA: Men 15 yil davomida birinchi navbatda Konstitutsiyamizni takomillashtirishni taklif qilganman. Konstitutsiya qanchalik nozik bolsa, uni buzib otish shunchalik oson. U juda ozgaruvchan, aniq emas. Barchasini batafsil yozish kerak, prezident inauguratsiyasi qachon otkazilishidan tortib, saylovlarning qanday bolishigacha. Mana, Ozbekistonda aybsizlik prezumpsiyasi amal qiladi deb yozilgan. Ajoyib, gozal, biroq sud boshlanmasidan turib, bizni mahalalarimizda muhokama etishayotgan bolsa,qani amal qilingani shumi? Men bu kabi vaziyatlarning oldini olish uchun Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodeksimizni Garb namunalari asosida ozgartirishni taklif qilganman. Iqtisodiyotning liberallashtirilishini soraganman. Hamma joyda qaqshatishdi, biznes hech qayerga siljimadi, yopiq siyosat bolgani uchun iqtisodiyotni siyosat belgilab berdi. Kop partiyalik sonda emas, mafkurafiy manoda bolishi kerak. Shavkat Mirziyoyev hozirda amalga oshirayotgan ishlarni men 815 yil oldin yozganman. U ozini muxolifat deb atovchi odamlar qilishni istagan ishlarni bajarmoqda.

SM savolni qaytaradi.

BA: Ha. 2017-yilda men ijobiy ozgarishlar haqida yozganman Prezident Yoshlar ittifoqi raisidan u ayollarni oz romolini yechishga majburlaganligi uchun tana qilganini yozganman. Shundan keyin MXXga prezident tomonidan boshlangan liberal islohotlar yoqmayotganligi, ular barchasi Karimov davridagidek qolishini istayotganliklari haqida bir qator maqolalar yozganman. Men bundayin masuliyatli onda shu kabi katta ishlarni bajarishga bir ozi jazm etgan Prezidentni xalq islohotlarga qarshi katta kuchlardan himoya qilishi kerak ekanligini, bu kabi imkoniyat boshqa bolmasligi haqida yozganman.

SM: Hukumat tepasida Islom Karimov bolgan vaqtda vaziyatni ozgartirishning iloji yoq, deya takidlangan maqolalarning muallifi sizmisiz?

BA: Konstitutsion tuzumni agdarish haqida soz boradigan 56 ta maqolaning muallifi men emasman. Ularga aloqam yoq. Men demokratik ozgarishlarni boshlashga Karimovning erkin irodasi yoqligi borasida oz fikrimni bildirdim. Ozgarishlarni boshlashda unga qarshilik korsatgan narsalarni, hozirda Mirziyoyev amalga oshirmoqda.

SM: Dastlabki tergov vaqtida tergovchilar internetga joylashtirilgan 142 ta maqolaning har biri borasida sizga savol berdimi? Mano jihatidan tahlil qilindimi?

BA: Ular mano jihatidan savol bermadi, hatto sarlavhalarini ham bilmasdi. Ular faqatgina men ushbu maqolalarning rostdan ham muallifi ekanligimni va malumotlarni kimdan olib turganligimni soradi.

SM: Muhammad Solih bilan munosabatlaringizni yana bir bor tushuntirib bera olasizmi? Meni sizning qarashlaringini qanchalik mos kelishi yoki farq qilishi qiziqtiradi?

BA: Men uni shoir sifatida, ozining uch nafar aka-ukasi qamalganigaqaramay, taslim bolmasdan kurashishni davom ettirgan muxolifatchi sifatida hurmat qilaman.

SM: Konstitutsiyaviy tuzumni agdarish boyicha jangovar bolinmalarni tashkil etish borasida kimdir sizga korsatma berganmi?

BA: Hech kim menga bunaqangi korsatma bermagan.

SM: Nega sizni 2017-yilning sentabrida qolga olishdi, avvalroq emas?

BA: Men Islom Karimov, Gulnora Karimovaga qarshi yozganimda ularga yoqayotgan edi. Ular bunga qarshimasdi. 2017-yilda ularga qarshi yozishni boshlaganimda, ular ushbu qimmat apparatni qidirishda tushishdi

SM: Orim loyihasiga qanday aloqangiz bor?

BA: Hech qanday aloqam yoq. Meni uni birinchi bor 19-mart kuni korganman. Hatto ekspertiza ham uni kim yozganini aniqlay olmadi Abullayevmi yoki Solih. Men buni qiynoqlar ostida tan oldim.

SM: Sizga tegishli magnit tashuvchilardan Usmon Haqnazarovga tegishli maqolalar va Orim rejasi haqidagi malumotlar topilganiga tushuntirish bera olasizmi?

BA: Ular buni men ekspertizada bolmaganim uchun topgan. Men fayllarni qayta tiklash jarayonida ishtirok etmaganman. Uni hibsga olinganimdan song tashlab qoygan.

SM: Siz ozingizni jurnalist deb hisoblaysizmi? Agarda ha bolsa, nega sizda tegishli akkreditatsiya bolmagan?

BA: Ha, hisoblayman. Meni ishga qabul qilishdan qorqishardi. Siz Ozodlikda, IWPRda ishlagansiz. Men oziga hech narsa bogliq bolmagan mustaqil jurnalist sifatida ishladim.

Prokuror Bahrom Qobilovning savollariga javob bergan Bobomurod Abdullayev boshqa odamlar Usmon Haqnazarov taxallusidan foydalanishi mumkin bolganini, biroq uning ozi bunga qarshilik korsatganini malum qildi.

Bundan tashqari, Abdullayev va Solih chop etilgan maqolalar uchun javobgarlik shartlarini muhokama qilmagan. Agarda Abdullayevni qolga olishsa, u bularni boshqa odam yozganligini takidlashi kerak bolgan.

Bobomurod Abdullayev Usmon Haqnazarov taxallusi qayerdan paydo bolganliga izoh berdi. Uning aytishicha Usmon ismini u shoira Gulchehra Nurullayevaning marhum turmush ortogining ismi sharafidan olgan. U shoiraning erini oliyjanob va yaxshi inson sifatida bilgan va zehn hamda xulq-atvor jihatidan unga oxshashga intilgan. Taxallusning ikkinchi qismida Haq Alloh, nazar qaramoq, nigoh tashlamoq sozlaridan olingan. Alloh ushbu maqolalar orqali ozbek xalqining muammo va kulfatlariga etibor qaratishi uchun, deydi ayblanuvchi.

Sudya ayblanuvchidan Muhammad Solih ushbu taxallus ostida boshqa maqolalarni chop etib kelishuvni buzdimi?, deb soradi. Abdullayev ijobiy javob berdi.

Mavzuga doir:Bobomurod Abdullayev: Men pul uchun emas, etiqodimdan kelib chiqib yozar edim



Manba: Daryo.uz
: admin (30-03-2018, 19:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
:
-
:
20 ... -