» » Shavkat Mirziyoyev: Ozini hurmat qilgan hokim Ertaga odamlarni nima bilan boqamiz? deb oylashi kerak (video)

Shavkat Mirziyoyev: Ozini hurmat qilgan hokim Ertaga odamlarni nima bilan boqamiz? deb oylashi kerak (video)


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-mart kuni qishloq xojaligini jadal rivojlantirish boyicha olib borilayotgan ishlar natijadorligiga bagishlangan videoselektor yigilishi otkazilgan edi.

Yigilish davomida bir qator hududlardagi masullar tajribasizlik qilayotgani, ayniqsa, suv masalasi muammo ekanligiga qaramay, bazi joylarda suv resurslaridan samarasiz foydalanilayotgani tanqid qilingan edi.

Ayniqsa, Tortkol, Jalaquduq, Qarshi, Guzor, Muborak, Nishon, Xatirchi, Chust, Toraqorgon, Payariq, Qiziriq, Mirzaobod, Bekobod, Piskent tumanlarida 1215 foiz ekin maydonlarida galla rivojda orqada qolmoqda. Buning asosiy sababi viloyat va tumanlardagi tortta sektor rahbarlari tomonidan fermerlarning gallani oziqlantirish va sugorish nazoratini boshashtirib yuborganidan dalolatdir.

Ayniqsa, mart oyining birinchi yarmida yogib otgan yomgirlar ayrim tajribasiz fermerlar va hokimlarda: Endi gallani sugormasa ham boladi, degan fikrga olib kelgani ham galla rivojiga salbiy tasir korsatmoqda. Yetarli suv mavjudligiga qaramay, gallani bahorgi sugorish ishlari Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlarida asossiz kechikayotganini bugun nima bilan izohlash mumkin? Ayniqsa, Paxtachi tumanida 1,6 ming gektar, Kattaqorgonda 2,5 ming gektar, Pastdargomda 4 ming gektar galla maydonlari suvsizlikdan nihollar nobud bolgan.

Joylardagi hokimlari va irrigatsiya tizimi rahbarlari suvdan samarali foydalanish ishlarini togri tashkil etmagani oqibatida galla berilgan suvning katta qismi boshqa ekinlarga sarflanmoqda. Eng yomoni, suvning 2530 foizi zovurlarga oqizib qoyilgan.

Suv yoq, qor yogmadi, deyapmiz, mana bu ahvol kimga yarashadi? Ertaga odamlarni nima bilan boqamiz? Ozini hurmat qilgan fermer, daromad qilaman desa, gallasiga hozir qarashi kerak. Ozini hurmat qilgan hokim, agar dunyoqarashi bolsa, nima bilan boqamiz, deb oylashi kerak.

Shavkat Mirziyoyev, Ozbekiston Prezidenti



Manba: Daryo.uz
: admin (30-03-2018, 21:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -