» » Shavkat Mirziyoyev — qishloq xo‘jaligi mahsulotlari haqida: Kelgusi yil narx-navosi uchun hozirdan harakat qilishimiz kerak (video)

Shavkat Mirziyoyev — qishloq xo‘jaligi mahsulotlari haqida: Kelgusi yil narx-navosi uchun hozirdan harakat qilishimiz kerak (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-mart kuni qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Yig‘ilishda Prezident joylardagi mas’ullarga qishloq xo‘jaligida har bir kun g‘animat ekanligini yana bir bor eslatib o‘tgan edi.

Albatta, bir yil ikkinchi yilga o‘xshamaydi. Qishloq xo‘jaligi xodimlari, dehqonlar, fermerlar oldida katta-katta masalalar turibdi. Biz juda katta qarorlar qabul qildik. O‘zbekiston tarixida birinchi marta qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xarid narxlarini oshirish uchun davlat byudjetidan juda katta pul ajratdik. Daromad, manfaat nuqtai nazaridan katta ish qilindi.

Lekin buni o‘z vaqtida joy-joyiga qo‘yish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? Viloyatlarimizdagi, har bir tumandagi to‘rtta rahbar hozirdan oziq-ovqat xavfsizligi, mahsulotlar narx-navosi va sifatiga javobgarligi eng katta masala. Agar biz kelgusi yilga narx-navoni, eksportimizni o‘ylasak, hozirdan harakat qilishimiz kerak. Qishloq xo‘jaligida hamma narsa kun sanaydi. Ekilgan narsa ham, parvarish qilinayotgan narsa ham. Bir kun ham g‘animat!

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют