» » Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida dolzarb oylik e’lon qildi

Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida dolzarb oylik e’lon qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-mart kuni qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda g‘alla hosildorligini oshirish, chigit ekish ishlarini sifatli bajarish, meva-sabzavot, kartoshka, uzum va poliz mahsulotlari yetishtirishga oid masalalar muhokama qilindi.

Chigit ekishni sifatli o‘tkazish va to‘liq ko‘chat olish masalasiga e’tibor qaratildi.

Joriy yilda 1 million 71 ming gektardan ortiq maydonga chigit ekish belgilangan. Bu 2017-yilga nisbatan 135 ming gektarga, 2016-yilga nisbatan esa 184 ming gektarga kamdir. Chunki fermerlarga faqat zarar keltiradigan, hosildorligi 15 sentnerdan past bo‘lgan yerlarga paxta ekishdan voz kechildi, buning o‘rniga xaridorgir mahsulotlar ekilishi belgilandi.

Eng asosiysi, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy asosli va adolatli tizim yaratilib, paxta-g‘allaning xarid narxi xarajatlarni qoplaydigan va foydani ta’minlaydigan qilib belgilab qo‘yildi. Endi “chigit ekishga mablag‘ yetmayapti, yoqilg‘i yo‘q” degan bahonaga o‘rin qolmadi, ajratilayotgan mablag‘lar barcha tadbirlar uchun yetadi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va tumanlardagi sektorlar rahbarlariga chigit ekish ishlarini mutlaqo yangi tizim bo‘yicha tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Mavsumda talab etiladigan urug‘lik, mineral o‘g‘it, chigit ekish texnikasi va yoqilg‘i-moylash mahsulotlarini aniq hisob-kitob va jadval asosida yetkazib berish, 15-aprelgacha chigit ekish ishlarini to‘liq yakunlab, 25-aprelga qadar nihol undirib olish zarurligi ta’kidlandi.

Prezident tomorqalardan samarali foydalanish masalasiga alohida to‘xtaldi.

Aholi va dehqon xo‘jaliklariga tegishli unumdor tomorqa yerlaridan foydalanish mutlaqo talabga javob bermasligi tanqid qilindi. Aksariyat aholining 8–10 sotix tomorqa yeri bo‘lsa-da, hech narsa ekmagan.

Davlat rahbari kichik tomorqadan mo‘l hosil olib, oilasini boqayotgan, katta daromad topayotgan mehnatsevar odamlarni o‘rnak qilib ko‘rsatdi.

Yig‘ilishda meva-sabzavot, kartoshka, uzum va poliz mahsulotlari yetishtirish bilan bog‘liq ishlar ham muhokama qilindi. Joriy yilda 2017-yilga nisbatan 24 foiz ko‘p mahsulot yetishtirish rejalashtirilgani qayd etildi.

Ushbu rejadagi meva-sabzavotlarni sifatli yetishtirish, xalq iste’moli uchun g‘amlash, belgilangan qismini eksport qilishni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari eshitildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют