» » Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti endi har yili har bir viloyatning ikki nafardan vakilasiga topshiriladi

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti endi har yili har bir viloyatning ikki nafardan vakilasiga topshiriladi


“O‘zbekiston Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son ‘Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida’gi farmoniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Farmonga ko‘ra:

- Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri vakilalariga ikkitadan har yili Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida ta’lim, fan adabiyot, madaniyat, man’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga beriladigan;

- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining mukofot laureatlari bo‘lgan o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga, bakalavriat talabalari esa oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga tegishli yo‘nalish va ixtisoslik bo‘yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, mukofot ilgari har bir hudud vakilasiga bittadan berilar edi. Shu bilan birga, adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim sohalaridagi hamda jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlari uchun 14 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlarga berilar edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют