» » Shavkat Mirziyoyev: Suvga munosabat o‘zgarmas ekan, hosildorlikni oshirish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas

Shavkat Mirziyoyev: Suvga munosabat o‘zgarmas ekan, hosildorlikni oshirish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi davomida viloyatda amalga oshiriladigan irrigatsiya-melioratsiya ishlari loyihalari bilan tanishgani haqida xabar berilgan edi.

Prezident mazkur loyihalar bilan tanishar ekan, suvga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish zarurligi, busiz islohotlar ham samara bermasligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligidagi islohotlar samarasi suvni isrof qilmaslik, undan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. Suvga bo‘lgan munosabat o‘zgarmas ekan, hosildorlikni oshirish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.

Irrigatsiya va melioratsiya ishlarini bugungi kun talablari darajasida sifatli bajarish viloyatda hosildorlikni har yili 2-3 sentnerdan oshirib borish imkonini beradi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Mavzuga doir:Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda 50 km lotok qurish va 57 km lotokni ta’mirlash kerakligini ta’kidladi

Avvalroq, 23-mart kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev suv tanqisligiga qaramay, mamlakatning ayrim hududlarida suvdan samarali foydalanilmayotgani, bekorga zovurlarga oqizib qo‘yilganini tanqid ostiga olgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют